Shukurova Sabohat Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarida shaxs erki va jamiyat munosabatlarining badiiy-falsafiy talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1877.
Ilmiy rahbar: To‘rayev Damin, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xajiyeva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki xil makon va zamonda yashab ijod qilgan adiblar – Jon Steynbek hamda Nazar Eshonqul asarlarini qiyosiy-tipologik yo’nalishda tadqiq qilish orqali XX asr oxiri – XXI asr boshlarida milliy nasrdagi spesifik yangilanishlar hamda o’zbek adabiyotining umumjahon madaniyatiga uyg‘unlashuvini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr oxiri - XXI asr boshidagi jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi asoslangan; 
har ikkala adib ijodida inson erki, ma’naviy qadriyatlar ustuvorligiga erishish uchun kuyunchaklik, bechora kishilarni qashshoqlik, yo‘qsillik botqog‘idan chiqarish uchun kurashchanlik g‘oyalari, or-nomus, ahdiga, sevgisiga, milliy qadriyatiga chin sadoqat tuyg‘ulari va harakatlari kabi motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlari yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan;
Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarida inson va jamiyat munosabatlariaro ziddiyat ichki ruhiy konflikt (qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvi), ijtimoiy konflikt (turli guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar), oilaviy konflikt (oila a’zolari o‘rtasidagi mojarolar), shaxsiy-intim konflikt (shaxs va boshqalar manfaati o‘rtasidagi kurash) kategoriyalarida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
bir-biridan keskin tafovutlanuvchi ikki xil makon va zamon, ikki xil milliy tafakkur kesimida inson konsepsiyasi va shaxs erki muammosining badiiy interpretatsiyasi, ijodkor shaxsning mikromuhit va makromuhit voqeligiga munosabati har ikkala adib badiiy asarlarining spesifik tadqiqi asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarida shaxs erki va jamiyat munosabatlarining badiiy-falsafiy talqini bo’yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XX asr oxiri - XXI asr boshidagi jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”; FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzusidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-yanvardagi 17.01/251-son ma’lumotnomasi). Natijada Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili, adabiy mushtaraklik va adabiy o’xshashlik, adabiy ta’sir va taqlid kategoriyalari nazariy tavsiflangan va ularning farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoni yaratilgan;
har ikkala adib ijodida inson erki, ma’naviy qadriyatlar ustuvorligiga erishish uchun kuyunchaklik, bechora kishilarni qashshoqlik, yo‘qsillik botqog‘idan chiqarish uchun kurashchanlik g‘oyalari, or-nomus, ahdiga, sevgisiga, milliy qadriyatiga chin sadoqat tuyg‘ulari va harakatlari kabi motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlari yetakchi o‘rin egallashi oid ilmiy xulosalardan O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo’limida 2018-2019 yillarda bajarilgan 54-10/104 “Mitti yulduz jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo’limining 2022-yil 21-noyabrdagi 91-son ma’lumotnomasi). Natijada Jon Steynbek va taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul asarlarining tahlili misolida milliy nasrda o’tgan asr oxiri – yangi asr boshlarida kuchaygan syujet yaratishdagi tub o’zgarishlarga ilmiy baho berishga erishilgan; 
Jon Steynbek va Nazar Eshonqul asarlarida inson va jamiyat munosabatlariaro ziddiyat ichki ruhiy konflikt (qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvi), ijtimoiy konflikt (turli guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar), oilaviy konflikt (oila a’zolari o‘rtasidagi mojarolar), shaxsiy-intim konflikt (shaxs va boshqalar manfaati o‘rtasidagi kurash) kategoriyalarida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor” yangiliklar dasturi tomonidan “Najot bilimda” nomli radioeshittirishlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 27-sentyabrdagi 811-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko’rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo’lishiga, ko’rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilishiga imkon yaratilgan. Buning barobarida ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish