Sadullayev Feruz Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XX asr Amerika adabiyotida inson ruhiyati tasviri (H.Jeyms va T.Vulf romanlari misolida)”, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2901.
Ilmiy rahbar: Fayzulloyev Otabek Muxamadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi H.Jeyms hamda T.Vulf romanlari asosida XX asr Amerika nasrida inson ruhiyati tasvirining poetik tamoyillari, ijtimoiy-psixologik omillari, qahramonlar tasviri bilan bog‘liq mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr AQSH adabiyotida davr mafkurasining inson ruhiyatiga ta’siri, inson ichki olami tasviriga modernistik yondashuvning ijtimoiy-tarixiy asoslari H.Jeyms va T.Vulf romanlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
Amerika adabiyoshunosligida inson ruhiyati tasviri, badiiy psixologizm, ong oqimi, ichki monolog kabi ruhiy tasvir vositalarini voqelantirishda muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlari yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan; 
modernistik yondashuv nuqtai nazaridan T.Vulf ijodida qahramon ruhiy tasvirida qo‘llangan ichki monologlarning badiiy jihatlari, psixologik portret, detal, manzara, nutq qatlamlari, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati kabi badiiy usullarning mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishi asoslangan; 
H.Jeyms romanlarida inson ma’naviy-ruhiy hayotini aks ettirishdagi obraz, xarakter, muallif nutqi, psixologik manzara, parallel tasvir, xotira, retrospeksiya, tabiat tasviri, ramzlar, takror va o‘xshatish singari uslubiy vositalarning keng ko‘lami, boylik, yolg‘izlik kabi turli motivlar, psixologik konfliktning qorishiq usullari, qahramonlar ruhiyatidagi dinamika, muallifning ruhiy tasvirdagi ijodiy individual jihatlarning ustuvorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr AQSH realistik adabiyoti, xususan H.Jeyms hamda T.Vulf romanlari poetik xususiyatlari, inson ruhiyati tasvirlanishida mualliflar mahoratini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XX asr AQSH adabiyotida davr mafkurasining inson ruhiyatiga ta’siri, inson ichki olami tasviriga modernistik yondashuvning ijtimoiy-tarixiy asoslari H.Jeyms va T.Vulf romanlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-dekabrdagi 17.01/219-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida qiyoslangan asarlarda qahramonlar ruhiyatidagi dinamika, muallifning ruhiy tasvirdagi ijodiy individual jihatlari hamda ularning falsafiy xususiyatlariga doir poetik masalalar takomillashtirilgan;
Amerika adabiyoshunosligida inson ruhiyati tasviri, badiiy psixologizm, ong oqimi, ichki monolog kabi ruhiy tasvir vositalarini voqelantirishda muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlari yetakchi o‘rin egallashi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida SUZ80021IN3103 raqamli “Amerika adabiyoti klubi” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 3-dekabrdagi 04-04/01-2398-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr Amerika nasrining milliy-madaniy xususiyatlarini, amerikalik nosirlar yaratgan asarlarning tabiatini, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy mushtaraklik holatlari aniqlanishining asoslanishiga erishilgan; 
modernistik yondashuv nuqtai nazaridan T.Vulf ijodida qahramon ruhiy tasvirida qo‘llangan ichki monologlarning badiiy jihatlari, psixologik portret, detal, manzara, nutq qatlamlari, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati kabi badiiy usullarning mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlar, “Muloqot va munozara”, Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 1/331-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishi oshirilishiga, adiblarning inson ruhiyati tasviridagi mahorati bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish