Nizomiddinxo‘jaev Otabek Ruslan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda Xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati (BMT misolida)», 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar931.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc/03/29.12.2022/Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdimuminov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar jumladan, BMT bilan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik aloqalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo xalqlarining tarixiy, siyosiy va huquqiy ta’limotlarida fuqarolik jamiyati tushunchasining evolyusiyasi asosida ular BMT, EHXT va boshqa xalqaro tashkilotlarning mazkur sohasidagi dastur va loyihalari turli mintaqa xalqlarining fuqarolik jamiyati sohasidagi tushunchalari hamda tajribalariga mos ekanligi asoslangan;
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari dinamikasi natijasida respublikada fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanish darajasi va bu yo‘nalishdagi davlat milliy dasturlarining xususiyatlari uning xalqaro tashkilotlar shu jumladan BMT bilan munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi dalillangan;
O‘zbekistonda “davlat – jamiyat – inson” tamoyilidan voz kechilganligi, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini amaliyotga joriy qilinganligi, uning xalqaro tashkilotlar, xususan BMT bilan munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqganligi, bu esa o‘z o‘rnida respublikaning xalqaro indikatorlardagi ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga ta’sir qilganligi isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan “inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” tamoyili BMTning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos ekanligi aniqlanib, mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini kuchaytirish respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadlariga erishishda ijobiy ta’sir qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
Dunyo xalqlarining tarixiy, siyosiy va huquqiy ta’limotlarida fuqarolik jamiyati tushunchasining evolyusiyasi BMT, EHXT va boshqa xalqaro tashkilotlarning mazkur sohasidagi dastur va loyihalarida o‘z aksini topganligi va turli mintaqa xalqlarining fuqarolik jamiyati sohasidagi tushunchalari hamda tajribalariga mos ekanligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga oid axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 17 noyabrdagi 01/517-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalarini inobatga olishda milliy xususiyatlar ham e’tiborga olinganligi borasida xulosalar ishlab chiqilishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan “inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” tamoyili BMTning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos ekanligi aniqlanib mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini kuchaytirish respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadlariga erishishda ijobiy ta’sir qilishi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “Barqaror rivojlanish” markazining axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2022 yil 16 noyabrdagi 248-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur sohadagi axborot-tahliliy ma’lumotlarning kengayishiga tahliliy materiallarning ilmiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.
O‘zbekisiston “davlat – jamiyat – inson” tamoyilidan voz kechib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini amaliyotga joriy qilinganligi, uning xalqaro tashkilotlar, xususan BMT bilan munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqganligi, bu esa o‘z o‘rnida respublikaning xalqaro indikatorlardagi ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga ta’sir qilganligi xalqaro reytinglar natijasi bilan isbotlanganligi borasidagi tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining ilmiy-tadqiqotlari va ilmiy seminarlari materiallarini boyitishda foydalanilgan (O‘zR FA Davlat va huquq institutining 2022 yil 27 dekabrdagi 256-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar institutning O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqayotgan takliflarini boyitishga jalb qilingan.