Foziljonova Malika Shuxratdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolardan yangi asos olish va uning ishtirokida surtmalar texnologiyalarini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Far28.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xusan Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti, DSc.04/30.09.2022.Fag.134.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida yumshoq dori shakli uchun yangi asos olish hamda uning ishtirokida dermatologiya amaliyotida teri kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan surtmalar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyolar o‘simlik moyi va hayvon yog‘larini ferment ishtirokida pereeterifikatsiya usulida surtmalar uchun asos tarkibi va mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
yangi asos ishtirokida teri kasalliklarini davolovchi surtma dori shakli tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan; 
surtmalarning reologik xossalari: plastikligi, struktura - qovushqoqligi va mexanik ta’sirlar natijasida dispers sistemalarning suyulishga moyilligi aniqlangan;  
tarkibida ittikanak (qoraqiz) va qizilmiya quruq ekstraktlari, oltingugurt saqlovchi surtmalarning spesifik faolligi va bezararligi aniqlangan; 
ittikanak (qoraqiz) va qizilmiya quruq ekstraktlari, oltingugurt saqlovchi surtmalar uchun sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarning turg‘unligini ta’minlovchi saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari aniqlangan;
dori shakllarining biofarmatsevtik ko‘rsatkichlari «in vitro» va «in vivo» tajribalarida aniqlangan; 
ilk bor ittikanak (qoraqiz) va qizilmiya quruq ekstraktlaridan tayyorlangan murakkab tarkibli surtma referens-preparatlari “Psilo-bal`zam” va “Selestoderm V” surtmalariga qaraganda allergodermatozlar mexanizmidagi yallig‘lanish infil`tratsiyasi va oksidlanish jarayoniga qarshi ta’siri erta boshlanishi hamda uzoq muddatlarda saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyolar asosida yumshoq dori shakli uchun yangi asos olish hamda teri kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan surtmalar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Yumshoq dori turlari uchun o‘simlik moyi va hayvon yog‘larini ferment ishtirokida pereeterifikatsiya usulida olingan gidrofob xossali  surtma asosi uchun O‘zbekiston Respublikasi  Intellektual mulk agentligining ixtiro  patenti olingan (IAP 05976, 20.09.2019 y.). Natijada,  farmatsevtika sanoatida  yumshoq dori turlarini ishlab chiqarish uchun import o‘rnini bosuvchi maxalliy surtma asosi sifatida foydalanish imkonini beradi;
“Yumshoq dori shakllari uchun ishlab chiqilgan  “Enzifob” asosi” uchun texnik shart O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Ts 018979371-004:2021). Natijada, yumshoq dori shakllari uchun mahalliy surtma asoslarining assortimentini kengaytirish imkonini bergan; 
«Teri allergiyasini davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, 30.04.2021 y., №8n-r/372). Natijada, ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi o‘z vaqtida allergiyaga qarshi davolash chora-tadbirlarini amalga oshirishda samaradorligi jihatidan xorij analogidan qolishmaydigan, import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolardan olingan arzon dori vositalaridan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish