Sharipov Nodirjon Zamirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini yaratish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1540.
Ilmiy rahbar: Gafurov Karim Xakimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjiev Shuhrat Mahmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda etishtirilgan soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayonini amalga oshirish qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy soya urug‘ini chaqishda sarf bo‘ladigan kuchni aniqlab, chaquvchi element (pichoq) materiali uchun immitatsion model` yordamida St25 po‘latning markasi chaqish talablariga javob berishi aniqlangan;
mahalliy soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayonining chiqish ko‘rsatgichlari - ajratish koeffisienti va chaqilmay qolgan urug‘lar ulushining ta’sir etuvchi omillardan: pichoqning qiyalik burchagi, xomashyo namligi, baraban aylanish chastotasi, havo oqimining tezligi, xomashyoning boshlang‘ich sarfi bilan bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
mahalliy soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning optimal qiymatlari asoslangan;
mahalliy sharoitda etishtirilgan soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish samarali qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish qurilmasi “RIZQU-TOJIR” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 26 dekabrdagi KC/3-1037-son ma’lumotnomasi). Natijada, presslash jarayonidan keyin moyning chiqish ko‘rsatgichini 0,7 % ga oshirish imkonini bergan;
soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayoni uchun ishlab chiqilgan optimal rejim “Textile place” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 26 dekabrdagi KC/3-1037-son -son ma’lumotnomasi). Natijada, soya urug‘ini po‘stlog‘idan ajratish jarayonida ajratish koeffisienti 0,9 qiymatga, chaqilmay qolgan urug‘lar ulushi 0,098 qiymatga teng bo‘lgan va presslashdan keyin moyning kislota sonini 2,3 gacha tushirish imkonini bergan.