Abdug‘aniev Olimjon Isomiddinovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va ulardan foydalanishning geoekologik asoslari (Farg‘ona vodiysi misolida)», 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Gr18. 
Ilmiy maslahatchi: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Turg‘unov Daniyar Mannapjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida biologik va landshaft xilma-xilligini saqlab qolish va qayta tiklashda muhim bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining funksional tarkibini asoslash hamda yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning maqsadi, ekologik funksiyasi, muhofaza qilish va foydalanish rejimi asosida ekologik karkasning tarkibiy-funksional tuzilishi ishlab chiqilgan;
biologik (turlar) va landshaft (landshaftning morfologik qismlari) xilma-xilligi ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nuqtai-nazaridan landshaftlarning ekologik imkoniyatlarini (juda yuqori, yuqori, o‘rta, past, juda past) baholash usullari (balli, integral) takomillashtirilgan;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining to‘liqligi va yaxlitligini ta’minlovchi elementlar tarkibini funksional jihatdan takomillashtirishda mikroqo‘riqxona, tabiatdan foydalanish qat’iy rejimiga ega ekozonalar, biologik turlarning migratsiyasini ta’minlovchi “qo‘riq”lar, ekokanal va ekoko‘priklarni tashkil etish yo‘llari asoslangan; 
«Ekologik-xo‘jalik holat» konsepsiyasi asosida hududlarning ekologik zo‘riqish va tabiiy himoyalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali tabiat-qo‘riqxona fondini tashkil etuvchi yer toifalarini 12 % gacha kengaytirish imkoniyatlari (Farg‘ona vodiysining ma’muriy tumanlari kesimida) asoslangan;
Farg‘ona vodiysida alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan (noyob landshaftlar, bioxilma-xillik darajasi yuqori bo‘lgan areallar va ornitologik hududlar) 100 dan ortiq noyob ob’ekt va hududlar tabiiy geografik rayonlar bo‘yicha aniqlangan hamda ularga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish ilmiy asoslangan; 
Farg‘ona vodiysidagi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi tarkibini davlat qo‘riqxonasi, tabiat bog‘i, davlat buyurtma qo‘riqxonasi, tabiat yodgorliklari, mikroqo‘riqxona, tabiiy pitomniklar va ekologik yo‘laklarni tashkil etish orqali takomillashtirish asoslangan hamda 1:200000 masshtabli kartasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik funksiyasi, muhofaza qilish va foydalanish rejimi asosida ishlab chiqilgan ekologik karkasning tarkibiy-funksional tuzilishi sxemasidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining amaliyotida “2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarishda va o‘rmonlarni muhofaza qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 03/21-4736–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmonlarning ayrim turlarini METHlarning II va IV toifalari bilan tenglashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik va hayvonot turlarini qo‘riqxona rejimida muhofaza qilish imkoniyatlari yaratilgan; 
biologik va landshaft xilma-xilligi ko‘rsatkichlari asosida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nuqtai nazaridan landshaftlarning ekologik imkoniyatlarini baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida tipik va noyob landshaftlar hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarining areallarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 noyabrdagi 0302/7-2870–son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida biologik va landshaft xilma-xilligini saqlab qolishda muhim bo‘lgan hududlarni ajratish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash imkoniyatini bergan;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining to‘liqligi va yaxlitligini ta’minlovchi elementlar tarkibini funksional jihatdan takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha mo‘ljallangan atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tarmog‘ini kengaytirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 noyabrdagi 0302/7-2870–son ma’lumotnomasi). Natijada mikroqo‘riqxona, tabiatdan foydalanish qat’iy rejimi belgilangan ekozonalar, biologik turlarning migratsiyasini ta’minlovchi ekokanal va ekoko‘priklarni tashkil etish dasturlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
«Ekologik-xo‘jalik holat»ni baholash konsepsiyasi asosida Farg‘ona vodiysi ma’muriy tumanlarida tabiat-qo‘riqxona fondini tashkil etuvchi yer toifalarini 12 % gacha kengaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi amaliyotida o‘rmon fondi yer toifalarini kengaytirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 03/21-4736–son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysining o‘rtacha va baland tog‘ zonasida, qumli-cho‘llari va to‘qaylari kabi hududlarida o‘rmon fondini tashkil etuvchi yer toifalarini 3 foizgacha kengaytirishni asoslash imkoniyatini bergan; 
Farg‘ona vodiysining tabiati uchun alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan 100 ga yaqin noyob ob’ekt va hududlar aniqlangan va ularga METH maqomini berish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 noyabrdagi 0302/7-2870–son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud tabiiy ekotizimlarning xilma-xilligini saqlab qolish hamda METHlarning umumiy maydonini bosqichma-bosqich kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona vodiysidagi mavjud METHlar tizimi tarkibini davlat qo‘riqxonasi, tabiat bog‘i, davlat buyurtma qo‘riqxonasi, tabiiy pitomniklar va ekologik yo‘laklarni tashkil etish orqali takomillashtirish sxemasi hamda 1:200 000 masshtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida 2021-2028 yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va kengaytirish dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 noyabrdagi 0302/7-2870-son ma’lumotnomasi). Natijada, noyob ob’ekt va hududlarni, biologik va landshaft xilma-xilligining davlat monitoringi va davlat kadastrini yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish, noyob hayvon va o‘simlik turlarini muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy asosda tashkil etish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish