Sariyev Rustam Bobomuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1868.
Ilmiy rahbar: Gafforov Alisher Xolmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped48.01. 
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullayevna, texnika fanlari doktori, professor; G‘affarov Feruz Hasanovich, pedagogika fanlar doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani interiorizatsiyalash asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishning axborot-uslubiy ta’minoti “H5P” raqamli ta’lim texnologiyasini qo‘llash natijasida takomillashtirilgan;
sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modeli komponentlari pedagogik interfaol elementlar majmuasi - o‘yin elementlari (Games), multimediali elementlar (Multimedia)ni kiritish asosida optimallashtirilgan;
“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan masofaviy elektron o‘quv kursi sirtqi ta’lim talabalarining mustaqil ta’lim olishiga yo‘naltirilgan elektron kutubxona, ilmiy ishlar bazasi, videokonferensiya, ijtimoiy tarmoqlar, H5P komponentlari kabi amaliy dasturiy vositalar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari sessiya va sessiyalararo mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modulli o‘qitish texnologiyasi tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassiklik fanlarini o‘qitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani qiyosiy taqqoslash va interiorizatsiyalash asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishning axborot-uslubiy ta’minoti “H5P” raqamli ta’lim texnologiyasi asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar va takliflardan AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2020-2022 yy.) mavzularidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan;
sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modelini optimallashtirishga oid takliflar va ilmiy xulosalar AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2020-2022 yy.) mavzularidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va xulosalar oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan elektron o‘quv kursi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya institutining sirtqi ta’lim shakli 5321700 – “Texnologik jarayonlarni boshqarishninig axborot-kommunikatsiya tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron o‘quv kursi bo‘lajak muhandislarning mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari sessiya va sessiyalararo mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etishga xizmat qiluvchi “Elektron kutubxona” tizimi, “Ilmiy ishlar bazasi” tizimi, “Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasining dasturiy vositalari” elektron o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot-uslubiy ta’minot materiallaridan muhandislik ta’limi jarayonida foydalanish orqali talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish