Jo‘raxo‘jayev Muxammadazizxo‘ja Xalilxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligini oshirish mexanizmlari”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2015.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruza, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madinaxon Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ped).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligini oshirish mexnizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan bolalar uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligi pedagogik muloqotning tashkiliy-metodik aspektlarini milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalar va insonparvarlik yondashuviga asoslangan ijtimoiy mobillik tamoyillariga rioya qilishning intensivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan bolalarning uydagi yakka tarbidagi ta’limi samaradorligini ta’minlash jarayoni psixologik va gigiyenik talablar amaliyligini o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlaridagi o‘zaro ishonch darajasining integrativ ifodalanishi va o‘zini nazorat qilishning emotsional-hissiy hislatlari o‘ziga xosligini inobatga olish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligi modeli o‘quvchilarda mavjud ijtimoiy passivlik hamda akademik bo‘shliqlarni bartaraf yetishga yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
uyda yakka tartibdagi ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti pedagoglar va oilalarning pedagogik hamkorligini kuchaytirish, topshiriqlarning variatsiyasi, art-terapevtik, himoyalashga yo‘naltirilgan faoliyat mazmuniga gender ta’lim komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligini oshirish mexanizmlari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
imkoniyati cheklangan bolalar uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligi pedagogik muloqotning tashkiliy-metodik aspektlarini milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalar va insonparvarlik yondashuviga asoslangan ijtimoiy mobillik tamoyillariga rioya qilishning intensivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Uydagi yakka tartibdagi ta’lim” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 178 raqamli guvohnoma). Natijada korreksion ta’lim muhitida o‘quvchilarda ijtimoiy passivlik va akademik bo‘shliqlarni bartaraf etishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
imkoniyati cheklangan bolalarning uydagi yakka tartibdagi ta’limi samaradorligini ta’minlash jarayoni psixologik va gigienik talablar amaliyligini o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlaridagi o‘zaro ishonch darajasining integrativ ifodalanishi va o‘zini nazorat qilishning emotsional-hissiy hislatlari o‘ziga xosligini inobatga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Uydagi yakka tartibdagi ta’lim” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 178 raqamli guvohnoma). Natijada uydagi yakka tartibdagi ta’limni tashkil etishda mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashga sharoit yaratilgan;
imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta’limi samaradorligi modeli o‘quvchilarda mavjud ijtimoiy passivlik hamda akademik bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2021-2022-yillarda efirga uzatilgan “Bolalar va biz” , “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 18 oktyabrdagi 04-36/1748-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalarning uydagi yakka tartibdagi ta’limini samarali tashkil etish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
uyda yakka tartibdagi ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishda pedagoglar va oilalarning hamkorligini kuchaytirish, topshiriqlarning variatsiyasi, artterapevtik, himoyalovchi yondashuv mexanizmlariga shaxsga yo‘naltirilgan va gender ta’lim komponentlarini integratsiyalashtirishga oid metodik tavsiya va takliflaridan Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 27 fevraldagi 02-07-722/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalar uydagi yakka tartibdagi ta’lim samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.