Baxadirov Kudratxon Gayratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alyuminiy va mis listlarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash uchun ularni asimmetrik prokatlashning yuqori samarali texnologik rejimlarini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T543.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahathci: Saydaxmedov Ravshan Xalxodjayevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Riskulov Alimjon Axmatjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbanov Mirtemir Shodievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinosozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi assimetrik prokatlash jarayonida hosil bo‘lgan mikrostruktura va mexanik xossalarini o‘rganish, metallning mexanik xossalarini yaxshilash va prokatlash uchun energiya va quvvat sarfini kamaytirish prokatlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiyning AA1050 markasi va misning M0 markasi uchun birinchi marta yangi asimmetrik prokatlashning texnologiyasi ishchi vallardagi chiziqli tezliklar farqi asosida ishlab chiqilgan;
birinchi marta asimmetrik prokatlash uchun ishlov beriladigan listli metallning mexanik xossalarini yaxshilash va energiya sarfini kamaytirish imkonini beruvchi agregatning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
termik ishlov berishdan so‘ng asimmetrik prokatlangan namunalarda simmetrik prokatlangan namunalarga nisbatan, strukturada xosil qilingan siljish/kesish komponentlari tufayli normal anizotropiya koeffisientining 0,88 dan 1,18 gacha oshishi va planar anizotropiya koeffisientining 0,38 dan -0,12 gacha kamayishi aniqlangan;
prokatlash jarayonida reduksiyasi 62% va asimmetriya koeffisienti 1,5 qo‘llanilib, xosil qilingan kesuvchi kuch hisobiga listli metallning uzilishdagi mustahkamlik chegarasi simmetrik prokatlashga nisbatan 13-15% gacha oshirish imkonini beradigan asimmetrik prokatlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
davomiy asimmetrik prokatlangan 6 o‘timdan so‘ng (reduksiya 62%) listli metall sub-zarralar o‘lchamlari 300-400 nm tashkil qilishi va natijada metall mexanik xossalari Xoll Petch qonuni asosida yaxshilanishini ta’minlovchi asimmetrik prokatlash rejimlari ishlab chiqilgan;
ishchi vallardagi chiziqli tezliklar farqi asosida listli metall teksturasidagi ideal siljish komponentlariga yaqin orientatsiyalik kristallarning hosil qiluvchi va anizotropik koeffisientini yaxshilash imkonini beruvchi davomiy asimmetrik prokatlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asimmetrik prokatlash bilan listli metallarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilashda metall strukturalarini modellash prinsiplari va texnologiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar natijasi asosida:
quyib olingan polosa shaklidagi metallarni simmetrik prokatlash texnologiyasi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olinayotgan listli metallarga sarflanayotgan energiyani tejash imkonini bergan;
Asimmetriya koeffisienti 1,01 ga teng bo‘lgan prokatlash dastgohi konstruksiyasi joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada prokatlash stani ishchi valiklariga tushayotgan yuklama 3% gacha kamaytirish imkonini bergan;
Misning M0 markasi uchun asimmetrik prokatlashning texnologiyasi joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyaning joriy qilinishi natijasida prokatlanayotgan mis xomakisida (hom ashyosida) hosil bo‘ladigan sovuq yoriqlarning miqdori 5-6% ga kamaytirish imkonini bergan;
Asimmetrik prokatlash uchun ishlov beriladigan agregatning (prokat kleti) konstruksiyasi joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Konstruksiyaning joriy qilinishi natijasida listli metallning mexanik xossalari 6-10% ga oshirish imkonini bergan;
Xomakilarga sovuq holatda asimmetrik prokatlash texnologiyasi joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyaning joriy qilinishi listli metallning uzilishdagi mustahkamlik chegarasini 13-15% ga oshirish imkonini bergan;
Listli mis teksturasidagi tengma-teng siljish komponentlariga yaqin oriyentatsiyalik kristallarni hosil qiluvchi va anizotropik koeffisiyentini yaxshilash imkonini beruvchi davomiy asimmetrik prokatlash texnologiyasi joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning oktyabr 2022 yilda 26 dekbrdagi 01-1/3179-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyaning joriy qilinishi anizotropik koeffisiyentni 1,15-1,17 martaga oshirish imkonini bergan.