Izbosarov Boburjon Baxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt424.
Ilmiy maslahatchi: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Globallashuv sharoitida banklarning likvidliligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banki likvidli mablag‘lari tarkibida xorijiy valyutalar ulushini 20 foizgacha kamaytirish orqali milliy valyutadagi likvidlilikni ta’minlash asoslangan;
tijorat banklarining riskli aktivlari va muddatli resurslari o‘rtasidagi farqni uzoq muddatli obligatsiyalar emissiya qilish hisobidan bartaraf etish taklif etilgan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiyalar hajmini bosqichma-bosqich 10 foizga yetkazish orqali bankning lahzalik likvidlilikni boshqarish imkoniyatini oshirish asoslangan;
bankning kiruvchi, chiquvchi moliyaviy oqimlarini mavjud va prognoz qilinayotgan aktivlar hamda majburiyatlar bo‘yicha taqsimlanishini belgilash asoslangan;
tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili asosida tijorat banklari likvidliligining 2023 - 2027 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banki likvidli mablag‘lari tarkibida xorijiy valyutalar ulushini 20 foizgacha kamaytirish orqali milliy valyutadagi likvidlilikni ta’minlash taklifi AJ “O‘zmilliybank” va AT “Aloqabank”ning 2022 yil “Depozit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AJ “O‘zmilliybank”ning 2023 yil 2 fevraldagi 02/6-1003/04-son va AT “Aloqabank”ning 2023 yil 8 fevraldagi 19-04/461-son ma’lumotnomalari). Natijada, AJ “O‘zmilliybank”ning likvid aktivlari tarkibida xorijiy valyutadagi mablag‘lar hajmi 2023 yil 1 yanvar holatiga 10 foizga, AT “Aloqabank”ning likvid aktivlari tarkibida xorijiy valyutadagi mablag‘lar hajmi 2023 yil 1 yanvar holatiga o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foiz punktga kamaytirishga erishilgan;
tijorat banklarining riskli aktivlari va muddatli resurslari o‘rtasidagi farqni uzoq muddatli obligatsiyalar emissiya qilish hisobidan bartaraf etish taklifi AJ “O‘zmilliybank” va AT “Aloqabank”ning 2022 yil “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AJ “O‘zmilliybank”ning 2023 yil 2 fevraldagi 02/6-1003/04-son va AT “Aloqabank”ning 2023 yil 8 fevraldagi 19-04/461-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2023 yil 1 yanvar holatiga AJ “O‘zmilliybank”ning bir yil va undan ortiq muddatga jalb qilingan moliyaviy resurslari hajmi 620 mlrd. so‘mga ortishiga, AT “Aloqabank”ning qaytarish muddati bir yil va undan ortiq bo‘lgan jalb qilingan moliyaviy resurslari hajmi 3 891,5 mlrd. so‘mga yetishiga erishilgan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiyalar hajmini bosqichma-bosqich 10 foizga yetkazish orqali bankning lahzalik likvidlilikni boshqarish imkoniyatini oshirish taklifi AJ “O‘zmilliybank” va AT “Aloqabank”ning 2022 yil “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AJ “O‘zmilliybank”ning 2023 yil 2 fevraldagi 02/6-1003/04-son va AT “Aloqabank”ning 2023 yil 8 fevraldagi 19-04/461-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2023 yil 1 yanvar holatiga AJ “O‘zmilliybank”ning yuqori likvidli aktivlari hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 1,8 foizga, AT “Aloqabank”ning yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiyalarning mutloq hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 96 foizga ortishiga erishilgan;
bankning kiruvchi, chiquvchi moliyaviy oqimlarini mavjud va prognoz qilinayotgan aktivlar hamda majburiyatlar bo‘yicha taqsimlanishini belgilash taklifi “AT “Aloqabank”ning 2022 yil “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 8 fevraldagi 19-04/461-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda AT “Aloqabank”ning joriy likvidlik holati 35 - 40 foiz oralig‘ida bo‘lishi ta’minlangan;
tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili asosida tijorat banklari likvidliligining 2023 - 2027 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. AT “Aloqabank” tomonidan o‘rganib chiqilib maqullangan va 2022 yil “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 8 fevraldagi 19-04/461-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining likvidliligiga eng kuchli ta’sir qiluvchi omil belgilar tijorat banklarining kreditlar miqdori va muddatsiz depozitlar ekanligi aniqlangan. Banklardagi kreditlar miqdori bir foizga ortishi tijorat banklarning likvidliligini 0,4 ga, muddatsiz depozitlarning bir foizga ortishi tijorat banklarning likvidliligini 1,03 foizga o‘sishiga olib kelgan.