Abdunazarov Abdumutal Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari (Ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish darslari misolida)», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2014.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon, pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent, 
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Turgunbaev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari insonparvarlik tamoyillarining huquqiy kafolatlariga mos mikromuhitni yaratish hamda rivojlantiruvchi ta’limning kommunikativ-konstruktiv, tashkiliy-refleksiv komponentlarini korreksion ta’lim amaliyoti bilan o‘zaro integrativ uyg‘unlashtirish tendensiyalari asosida takomillashtirilgan;
aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayoni muammoli-loyihaviy texnologiyalar, tolerantlik, shaxsga yo‘nalganlik va qadriyatlilik tamoyillariga asoslangan kompleks ta’sirni boshlang‘ich kasbiy bilimlarning oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish traektoriyasiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning didaktik modeli ta’lim oluvchilarda ijtimoiy potensial imkoniyatlarni rivojlantiruvchi maqsadli-motivatsion, mazmunli-texnologik pedagogik jarayon bosqichlari izchilligi va barqarorligiga ta’limiy maqsadlarni dinamik moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
aqli zaif o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga tayyorgarligini baholash me’zonlari korreksion ta’lim subektlari manfaatlarini inobatga olish hamda ijtimoiy faoliyat trayektoriyasiga differensial ishlash kompetensiya elementlarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy-amaliy topshiriqlar bilan konsentrik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari insonparvarlik tamoyillarining huquqiy kafolatlariga mos mikromuhitni yaratish hamda rivojlantiruvchi ta’limning kommunikativ-konstruktiv, tashkiliy-refleksiv komponentlarini korreksion ta’lim amaliyoti bilan o‘zaro integrativ uyg‘unlashtirish tendensiyalari asosida takomillashtirishga oid takliflari «Uydagi yakka tartibdagi talim» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 178-raqamli guvohnoma). Natijada aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayoniga talabalarni tayyorlashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan; 
aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayoni muammoli-loyihaviy texnologiyalar, tolerantlik, shaxsga yo‘nalganlik va qadriyatlilik tamoyillariga asoslangan kompleks ta’sirni boshlang‘ich kasbiy bilimlarning oddiydan murakabga qarab rivojlantirish traektoriyasiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalari “Kun mavzusi” nomli ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 28-martdagi 10-12/204-son ma’lumotnomasi). Natijada aqli zaif bolalar bilan ishlashning kompleks usullarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga erishilgan;
aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning didaktik modeli ta’lim oluvchilarda ijtimoiy potensial imkoniyatlarni rivojlantiruvchi maqsadli-motivatsion, mazmunli-texnologik pedagogik jarayon bosqichlari izchilligi va barqarorligiga ta’limiy maqsadlarni dinamik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Talim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-sentabrdagi 04-36-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash bosqichlari hamda ularda qo‘llaniluvchi metodlardan foydalanishning didaktik ta’minotini ommalashtirishga sharoit yaratilgan;
aqli zaif o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga tayyorgarligini baholash me’zonlari korreksion ta’lim subektlari manfaatlarini inobatga olish hamda ijtimoiy faoliyat trayektoriyasiga differensial ishlash kompetensiya elementlarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy-amaliy topshiriqlar bilan konsentrik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsyailar «Uydagi yakka tartibdagi ta’lim» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 178-raqamli guvohnoma). Natijada aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish