Olimov Farruxbek Sultonmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy manoqib-holotlarida badiiy-publisistik mahorat”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil262.
Haqqulov Ibrohim Choriyevich
Ilmiy maslahatchi: filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliyev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Husniddin, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy asarlarida zamondosh insonlar timsolini yaratishga asos bo‘lgan omillar orqali manoqib-holotlarda muallifning zamondosh shaxslar portretini yaratishdagi badiiy-publisistik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy manoqib-holotlarning janr xususiyatlari ochib berilib, ularning mumtoz adabiyotdagi an’anaviy manoqiblardan farq qiluvchi o‘ziga xosliklari, ya’ni muallif o‘zi ko‘rgan, bilgan va shaxsan guvoh bo‘lgan voqelikni aniq-tiniq, mubolag‘aga berilmasdan, xolislik bilan yozganligi, manoqib-holotning bosh xususiyati ideal hisoblangan real shaxs qahramon qilib olinishi bilan belgilanganligi, komil inson g‘oyasi hayotiy asosga ega ekanligi, buyuk qalam sohibi manoqib-holotlarida zamondosh qahramon obrazini yaratish yuzasidan bugungi adabiy esse va portret ocherk xususiyatlari borligi asoslangan;
manoqib-holotlarga manba bo‘lgan shaxslarning adabiyotga oshnolik, yuksak odob, halimlik, kamtarlik, bilimdonlik kabi ma’naviy fazilatlari, saxiylik, shafqatlilik, shirinso‘zlik, sabr va chidamlilik, xokisorlik, sevimlilik, mehmonnavozlik kabi insoniy sifatlari va irfoniy maqomlari dalillangan;
Navoiy asarlaridagi Jomiyga bag‘ishlangan amalda barcha ta’rif-u tavsiflar “Xamsat ul-mutahayyirin”ga qiyoslanib, bu manoqibda Jomiy siymosi yaxlit tarzda, har taraflama gavdalantirilgani, boshqa asarlarida esa unga muayyan bir masala yuzasidangina munosabatda bo‘lingani isbotlangan;
muallifning voqeanavislik (epik) va badiiy publisistik mahorati manoqib-holotlarning bilingvistik va multilingvistik xususiyatlari, asarlarning kompozision tuzilishida aks etishi, shuningdek, Navoiyning voqelikni tasvirlashda dialogdan unumli foydalanishi, faktni tasdiqlash uchun qo‘shimcha dalil-isbotlar keltirishi, faqat real hodisalarni qalamga olishi, obyektni tasvirlashda subyektning, ya’ni muallifning nuqtai nazari yetakchilik qilishi ko‘rsatib berilgan.
Navoiyning zamondoshlari to‘g‘risida yozgan manoqib-holotlarining badiiy publisistika tarixi, nazariyasi, mumtoz nasr janrshunosligidagi o‘rni va ahamiyati, adabiy nasr va badiiy publisistika sintezi ochib berilib, muallifning yuksak badiiy-publisistik mahoratga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Alisher Navoiyning manoqib-holotlarida komil inson, ustoz, pir, murid, siymolar portreti kabi tushunchalar asosida qalamkashning nasriy uslubi, badiiy-publisistik mahoratini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
manoqib-holotlarga manba bo‘lgan shaxslarning adabiyotga oshnolik, yuksak odob, halimlik, kamtarlik, bilimdonlik kabi ma’naviy fazilatlari, saxiylik, shafqatlilik, shirinso‘zlik, sabr va chidamlilik, xokisorlik, sevimlilik, mehmonnavozlik kabi insoniy sifatlari va irfoniy maqomlariga oid ilmiy ishda keltirilgan qarashlar va xulosalardan O‘zbekiston milliy axborot agentligi ilmiy axborotnomasi hamda saytida e’lon qilingan ko‘plab maqolalarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2022-yil 29-apreldagi 01-23/331-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiyning ko‘plab zamondoshlari, jumladan, Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammadlarning shoir hayoti va ijodida tutgan o‘rni ochib berilib, bu siymolarni ustoz va shogird munosabatlarigina emas, balki pir va murid kabi rishtalar ham bog‘lab turishi haqidagi qarashlar shakllantirilgan;
Navoiy asarlaridagi Jomiyga bag‘ishlangan amalda barcha ta’rifu tavsiflar “Xamsat ul-mutahayyirin”ga qiyoslanib, bu manoqibda Jomiy siymosi yaxlit tarzda, har taraflama gavdalantirilgani, boshqa asarlarida esa unga muayyan bir masala yuzasidangina munosabatda bo‘lingani haqidagi ilmiy qarash va xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Tong nafasi”, “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvlarida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2021-yil 22-dekabrdagi 01-16/266-son ma’lumotnomasi). Natijada Jomiy va Navoiy munosabatlari o‘zbek-tojik xalqlari orasidagi do‘stlikning oliy namunasi ekanligi, bu ikki buyuk zot o‘z davrining komil insonlari bo‘lganligi haqidagi qarashlar mustahkamlangan;
Navoiyning voqeanavislik (epik) va badiiy publisistik mahorati manoqib-holotlarning bilingvistik va multilingvistik xususiyatlari, asarlarning kompozision tuzilishida aks etishi, shuningdek, Navoiyning voqelikni tasvirlashda dialogdan unumli foydalanishi, faktni tasdiqlash uchun qo‘shimcha dalil-isbotlar keltirishi, faqat real hodisalarni qalamga olishi, obyektni tasvirlashda subyektning, ya’ni muallifning nuqtai nazari yetakchilik qilishi haqidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Xayrli kun”, “Mavzu, “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021-yil 23-dekabrdagi 40-40-1944-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu zotlarning namunali hayot tarzi hamda bebaho ijod mahsullarining tarixiy ahamiyati ommalashtirilgan;
Navoiy manoqib-holotlarning janr xususiyatlari ochib berilib, ularning mumtoz adabiyotdagi an’anaviy manoqiblardan farq qiluvchi o‘ziga xosliklari, ya’ni muallif o‘zi ko‘rgan, bilgan va shaxsan guvoh bo‘lgan voqelikni aniq-tiniq, mubolag‘aga berilmasdan, xolislik bilan yozishi ko‘rsatib berilgan, manoqib-holotning bosh xususiyati ideal hisoblangan real shaxs qahramon qilib olinishi bilan belgilanishi, komil inson g‘oyasi hayotiy asosga ega ekanligi, buyuk qalam sohibi manoqib-holotlarida zamondosh qahramon obrazini yaratish yuzasidan bugungi adabiy esse va portret ocherk xususiyatlari borligi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro seminar va vebinarlarda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2022-yil 17-iyundagi MA 01/01-26-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kun Navoiy asarlarini nafaqat adabiyoshunoslik, tilshunoslik, balki publisistika nuqtai nazaridan ham o‘rganishni taqozo etayotganligining singdirilishiga erishilgan.