Nasritdinova Gulchexra Abdurashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari (Avtomobil sanoati misolida)”, 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt755.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardanov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamroyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil sanoati korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil sanoatining investision jozibadorligini baholash indikatorlari tizimi hamda uning mezonlari amaldagi va potensial investorning manfaatlariga mos ravishda investision jozibadorlik va risk omillarini belgilab beruvchi, iqtisodiy hamda moliyaviy holatini bevosita tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
jahon avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning investisiyalar bozoridagi raqobat pozisiyalarini aniqlashning klaster tahlil (k-means clustering) usuli xorijiy investorlarni himoya qilish indeksi (Strength of minority investor protection index) va inson kapitalini rivojlanish indikatorlarini (Human Development Indicators) kiritish asosida takomillashtirilgan;
avtomobil sanoati tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish samaradorligini baholash ichki kapitallashuv, inson kapitali, mahalliy texnologik imkoniyatlar, lokalizatsiyalash darajasi, innovatsiya imkoniyatlarining oshishi bilan bog‘liq modifikatsiyalangan mezonlar asosida xorijiy investisiyalarning yashirin ta’sir modeliga ko‘ra takomillashtirilgan;
avtomobil sanoatiga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar strategik loyihalarining an’anaviy ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tavsifini tarmoqdagi inson kapitali, infratuzilma va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirish orqali tarmoq raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil sanoati korxonalari marketing strategiyasining takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
avtomobil sanoatining investision jozibadorligini baholash indikatorlari tizimi hamda uning mezonlari amaldagi va potensial investorning manfaatlariga mos ravishda investision jozibadorlik va risk omillarini belgilab beruvchi, iqtisodiy hamda moliyaviy holatini bevosita tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ko‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan “Avtomobil sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 19/04-24-2264-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida amaldagi va potensial investorlarning manfaatlariga mos ravishda avtomobil sanoatining investision jozibadorligini baholash indikatorlar tizimi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatida xorijiy investision loyihalarni baholash va qaror qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
jahon avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning investisiyalar bozoridagi raqobat pozisiyalarini aniqlashning klaster tahlil (k-means clustering) usuli xorijiy investorlarni himoya qilish indeksi (Strength of minority investor protection index) va inson kapitalini rivojlanish indikatorlarini (Human Development Indicators) kiritish asosida takomillashtirish taklifi «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan “Avtomobil sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 19/04-24-2264-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zavtosanoat” AJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish bo‘yicha eng yuqori darajada maqsadga muvofiq mamlakatlar sifatida Kanada, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya ekanligini aniqlangan hamda «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish orqali investorlarni jalb etish amaliyoti kiritilgan;
avtomobil sanoati tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish samaradorligini baholash ichki kapitallashuv, inson kapitali, mahalliy texnologik imkoniyatlar, lokalizatsiyalash darajasi, innovatsiya imkoniyatlarining oshishi bilan bog‘liq modifikatsiyalangan mezonlar asosida xorijiy investisiyalarning yashirin ta’sir modeliga ko‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan “Avtomobil sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 19/04-24-2264-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan jalb etilgan horijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlovchilar sonini 1,8 foizga, lokalizatsiyalash darajasini 3,5 foizga hamda innovatsion mahsulotlarning jami mahsulotlardagi salmog‘ini 1,6 foizga oshirishga erishilgan;
avtomobil sanoatiga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar strategik loyihalarining an’anaviy ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tavsifini tarmoqdagi inson kapitali, infratuzilma va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirish orqali tarmoq raqobatbardoshligini oshirish taklifi «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan “Avtomobil sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 19/04-24-2264-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida avtomobil sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investisiyalarning jalb qilishning tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi inson kapitali, infratuzilma va ilmiy tadqiqotlarni rivojlanishiga qaratilishi strategik loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan.