Abidov Xasanxodja Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy malumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda atopik dermatitda D vitaminining miqdori va immunologik omillarni o‘rganish asosida kompleks davolashni takomillashtirish”, 14.00.11 Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2748.
Ilmiy rahbar: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sidikov Akmal` Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynutdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda kasallikning klinik kechishi, D vitamini miqdori va immunologik omillarni hisobga olgan holda davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
AtDning eritematoz-skvamoz lixenifikatsiyaga moyil, lixenoid, pruriginoz shakllari bilan hastalangan va dermatozning o‘smirlik davridagi bolalarda D vitaminining yaqqol ifodalangan etishmovchiligi va tanqisligi (25(OH)Dning miqdori mos ravishda 22,5 ng/ml va 17,8 ng/ml) kuzatilishi isbotlangan;
AtD bilan hastalangan bemorlarning qon zardobida aniqlangan 25(ON)D ning etishmovchiligi va tanqisligi natijasida kasallikning eritromatoz-skvamoz shakli (70,6%) ustunligi bilan mos ravishda 73% va 14,3% hollarda dermatozning o‘rta og‘ir va og‘ir shakllari rivojlanishi isbotlangan; 
AtD, ayniqsa, kasallikning og‘ir shakli bilan hastalanagan bemorlada D vitamini miqdorining pasayishi fonida IL-6 va IL-8 ning ustunligi bilan (mos ravishda 193,3±4,9 va 196,4±4,7) sitokinlarning (IL-lß, IL-2, IL-4, IL-6, IL-8, IL-10, INFγ) yuqori miqdori qayd etilib, 25(OH)D konsentratsiyasi, immun-sitokin ko‘rsatkichlari va kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi qaramlik mavjudligi isbotlangan;
AtD bilan hastalangan bemorlarni 25(OH)D miqdorining pasayishi fonida xolekal`siferol yordamida kompleks terapiyasi bemorlarning 56,9% da klinik remissiya va 21,2% da sezilarli yaxshilanish qayd etilgani bilan ifodalangan yuqori terapevtik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda atopik dermatit kasalligida D vitamini miqdori va immunologik omillarni e’tiborga olgan holda davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda atopik dermatitda D vitamini miqdori va immunologik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda tashxislash va davolashning optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda atopik dermatitni tashxislash va xolekal`siferol (vitamin D)ni qo‘llagan holda davolashning zamonaviy usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 8n-z/410-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda atopik dermatitni D vitamini etishmovchiligi holati, immunologik omillar ta’sirida klinik kechishini bashoratlash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda D vitamini etishmovchiligi holatida kasallik kechishini bashoratlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 2 va 3-son tumanlararo Teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 23 fevraldagi 02/372-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi atopik dermatit bilan kasallangan bolalar hayot sifatini yaxshilash, ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish