Mun Andrey Vital`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy malumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda chegaralangan sklerodermiyaning klinik-immunologik tavsifi, davolash usullarini optimallashtirish”, 14.00.11 Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib908.
Ilmiy rahbar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidkosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chegaralangan sklerodermiya bilan xastalangan bemor bolalarda kasallikning klinik shaklini hisobga olgan holda patogenetik asoslangan davolashni takomillashtirish va immun buzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chegaralangan sklerodermiyaning dermatoskopik belgilari uchrash chastotasi kasallik stadiyasi bilan bog‘liqligi va unga ko‘ra eritema stadiyasida, asosan, giperemiyaning strukturasiz hududlari mavjudligi, qalinlashish bosqichida 91,8% holatda fibrozning gomogen strukturasiz hududi qayd etilishi, atrofiya bosqichida – chiziqli shoxlangan tomirlar (37,9%) va o‘choqlarda tuklarning yo‘qligi (62,1%) kuzatilishi isbotlangan;
fibroz tasmaning mavjudligi eritema va shish stadiyasidan atrofiya bosqichida yo‘qligi fonida qalinlashish bosqichiga o‘tish simptomi sanalishi hamda ushbu patologiya og‘irlashgan klinik kechishining erta prediktori hisoblanishi dermatoskopik isbotlangan;
bolalarda chegaralangan sklerodermiyada yosh va kasallik bosqichiga bog‘liq holda hujayraviy, gumoral va sitokinli maqom disbalansining patogenetik roli isbotlangan, bunda SIK, IRI va sitokinlarning ishonchli faollashishi fonida T-limfotsitlar (1,8 barobar), T-xelper/induktorlarning kamayishi autoimmun klinik sindrom hisoblanuvchi immuntanqislik asoslangan; 
patologik jarayon stadiyasiga bog‘liq holda takrolimus kal`sinevrin blokatori va Kukumazim fermentini mahalliy qo‘llash orqali bolalarda chegaralangan sklerodermiyani  kompleks davolashning optimallashtirilgan algoritmi samaradorligi isbotlangan va unga ko‘ra boshlang‘ich ahamiyatlarga nisbatan eritema darajasi – 2,1 barobar (P<0,05), qalinlashish – 1,4 barobar, yangi o‘choqlar paydo bo‘lishi – 3,62 barobar hamda pigmentatsiya intensivligi qisqarishini – 1,6 barobar kamayishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda chegaralangan sklerodermiyani tashxislash va davolash taktikasini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bolalarda chegaralangan sklerodermiyani tashxislash va davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqigan «Bolalarda chegaralangan sklerodermiyani tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 8n-z/269-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chegaralangan sklerodermiya og‘ir kechishi belgilarini erta aniqlash va kasallikning qaytlanishlari chastotasini kamaytirish orqali tashxislash va davolash samaradorligini oshirish, asoratlar xavfini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda chegaralangan sklerodermiyani tashxislash va davolash taktikasini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Jizzax va Xorazm filiallari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Toshkent pediatriya tibbiet institutining 2023 yil 24 fevraldagi 02/381-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi ushbu kasallikka chalingan bemor bolalarda diagnostika sifatini oshirish, kasallik kechishining og‘irlik darajasini pasaytirish va uning asoratlari shakllanishini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish