Tashpulatov Shuxrat Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujayra apoptozining genetik belgilari va o‘sish omillariga qarab vitiligo kasalligini davolash samaradorligini baholash», 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari). 
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD./Tib1176.
Ilmiy raxbar: Sabirov Ulugbek Yusufxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Atxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vitiligo kasalligida klinik, immunologik va molekulyar -genetik ko‘rsatkichlar asosida erbiy lazerini trombotsitlarga boy plazma (TBP) bilan birgalikda davolashning klinik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitiligo rivojlanishi va klinik kechishidagi TNF-α genida G-308A (rs1800629) G>A  polimorfizmining A allel varinti tashuvchilari o‘rtasidagi bog‘liqligi 13,1% (χ2 =3,2; r=0,1;      OR=1,8; 95% CI =0,94-3,39), nazorat guruxida 7,8%, jumladan umumiy guruhda G/A geterozigotali genotipning aniqlangan chastotasi 107 nafar bemorlardan 26,2%da G/A genotipi uchragan (OR=1,9; p=0,1; χ2=3,6; 95% CI=0,98-3,8), nazorat guruhida esa 15,5% ni tashkil etdi, bu esa nazorat     guruhiga qaraganda 2 baravarga yuqoriroq, vitiligo rivojlanish xavfining ortishi, ayniqsa vitiligoning nosegmentar turi bilan  assotsiatsiyalanishi 15,3%      (χ2=4,9; r=0,05; OR=2,1; 95% CI =1,09-4,19) isbotlangan;
TGFβ1 genida Arg25Pro polimorfizmi Pro allellari va genotiplarining uchrash chastotasini nazorat guruhidan ikki barobar yukori (χ2 =7,1; r=0,01; OR=2,0; 95% CI 1,21-3,44). Pro allellari va genotiplarining uchrash chastotasi segmentar                          va nosegmentar shakli nazorat guruhiga qaraganda ikki barobar ko‘proq uchrashi isbotlangan; 
TNF-α   genining G>A va TGFß1 genining Arg25Pro polimorizmi geterozigot  variantlari kombinatsiyasi vitiligoning molekulyar mexanizmida sintrop ta’sir ko‘rsatishi va vitiligo rivojlanish xavfini ikki barobargacha oshirishi (OR=2,0; p=0,05; χ2=4,3; 95% CI-1,04-3,74) isbotlangan;
qo‘llanilgan davolash usuli kasallikning klinik kechishiga, shuningdek, vitiligo bilan og‘rigan bemorlarning laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta’siri hamda  patologik o‘choqda repigmentatsiyani oshishi, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar konsentratsiyalarning qonda normallashishi, bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sirga  ega ekanligiga isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vitiligo kasalligida hujayra apoptozining genetik belgilari va o‘sish omillariga qarab davolash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vitiligoning etiologiyasi, patogenezi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Vitiligoni davolash taktikasini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8r-r/514-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi orasida vitiligoni erta tashhislash, kasallik kelib chiqishining molekulyar-genetik jihatdan sabablarini aniqlash, kasallikning oldini olish va davolash usulini takomillashtirish imkonini bergan; 
immunoferment, molekulyar-genetik, maxsus instrumental usullar bilan erta tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent va Samarqand viloyatlari filiallari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-02941-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi vitiligoning turli klinik shakllarida Erbiy lazer bilan birgalikda TBP (PRP) davolash samaradorligini oshirish, davolanish muddatini qisqartirish, asoratlarning oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish