Tadjibaeva Maxsuda Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Insofsiz raqobatga qarshi kurashning fuqarolik-huquqiy vositalari va oqibatlari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu907.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Okyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxojdaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Burxonxodjaeva Xurshida Vaxdatovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insofsiz raqobatga qarshi kurashishning fuqarolik xuquqiy vositalari va oqibatlari va ushbu sohadagi mavjud nazariy-amaliy muammolarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berish, yangi ilmiy-huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol va erkin raqobatni, iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobat va monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlab berishi asoslantirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki uning manfaatini ko‘zlab, o‘zga shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatning sodir etilishi asoslab berilgan;
raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga salbiy ta’sir yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, uning sotuvga taklif qilayotgan tovarining sifati va iste’mol xususiyatlari, ushbu tovarni tayyorlash va qo‘llash usullari va sharoitlari, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar, muayyan maqsadlarga yaroqliligi, tovarning sotuvga taklif qilish shartlari, shu jumladan narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish insofsiz raqobat deb topilishi asoslantirilgan;
tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni bozordan chetlatilishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etish insofsiz raqobat, deb topilishi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insofsiz raqobatga qarshi kurashishning fuqarolik-huquqiy vositalari va oqibatlari tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol va erkin raqobatni, barcha mulk shakllarining huquqiy jihatdan teng ravishda muhofaza qilishni kafolatlashi, xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobat va monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022 yil 24 iyunda birinchi o‘qishda qabul qilingan O‘zbekiston Respbulikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi 53-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 29 dekabrdagi 6238-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi halol (insofli) raqobat prinsipini Konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish orqali uning konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash, insofsiz raqobatga qarashi kurashish prinsipining huquqiy asoslarini mustahkamlash bilan birgalikda mamlakatimizda raqobat munosabatlarini yanada rivojlantirish imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki uning manfaatini ko‘zlab, o‘zga shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 8 noyabrda birinchi o‘qishda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasining “Insofsiz raqobatni taqiqlash” deb nomlangan 15-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023 yil 13 yanvardagi 207/02-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif o‘zga shaxslarning raqobatchi nomidan insofsiz raqobat holatini sodir etishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Bu jihatdan o‘zga shaxslar xo‘jalik yurituvchi shaxsning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni sodir etishda raqobatlashuvchi taraflardan biriga yon bosishi, ularni qo‘llab-quvvatlab turadigan harakatlarni oldini olishga xizmat qilgan;
raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga salbiy ta’sir yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, uning sotuvga taklif qilayotgan tovarining sifati va iste’mol xususiyatlari, ushbu tovarni tayyorlash va qo‘llash usullari va sharoitlari, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar, muayyan maqsadlarga yaroqliligi, tovarning sotuvga taklif qilish shartlari, shu jumladan narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishning insofsiz raqobat deb topilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 8 noyabrda birinchi o‘qishda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasining “Insofsiz raqobatni taqiqlash” deb nomlangan 15-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023 yil 13 yanvardagi 207/02-12-son ma’lumotnomasi). Berilgan taklif faqatgina mahsulotni taqqoslash orqali raqobatchini obro‘sizlantirish mumkinligi ifodalangan avvalgi normadan keskin farq qiladi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respbulikasi Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlanishi ko‘zda tutilgan raqobatchini obro‘sizlantirishga oid normani raqobat qonunchiligida aks ettirishga xizmat qilgan;
tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni bozordan chetlatilishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etishning insofsiz raqobat deb topilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 8 noyabrda birinchi o‘qishda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasining “insofsiz raqobatni taqiqlash” deb nomlangan 15-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023 yil 13 yanvardagi 207/02-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi raqobatchini bozordan chetlatish maqsadida uning tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, faoliyatini qasddan buzish, to‘xtatish va noqonuniy yo‘llar bilan tugatishga qarshi kurashishga xizmat qilgan.