Aripova Elena Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi): “O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishda raqamlashtirish (B1 Va B2 (CEFR) darajalari platformalari misolida)”, 13.00.02 – ta ’ lim va tarbiya nazariyashi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3525.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yuryevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliat ko‘rsatayotgan muassasa (mussasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Jumabayeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliyahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshirish uchun elektron ta’lim resurslarini yaratishning ilmiy va amaliy asoslarini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim rivojlanishining konseptual asoslari va qoidalari avtonom ish sharoitida onlayn didaktik resurslardan samarali foydalanish, ta’lim oluvchilarning lingvodidaktik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlarining motivatsion va kognitiv komponentlar bilan empirik darajasini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish sohasida masofaviy ta’limni tashkil etishning tashkiliy va uslubiy tarkibiy qismlari faoliyatga doir, aqliy, hissiy yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotlarni differensial tarzda tashkil etishning produktiv metodlarini ta’lim paradigmasi bilan kombinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
CEFR shkalasi bo‘yicha B1 va B2 darajalarida chet tilini o‘rganish jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish mezonlari didaktik onlayn resurslarning potensial imkoniyatlarini aniqlash va ta’lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini qaror toptirishni ta’minlaydigan interfaol usullar va adaptiv kompleks mashqlar tizimini ularning lingvistik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
SMARTEST platforma misolida chet tilini o‘rganish samaradorligini oshirishning pedagogik modeli ta’limning tashkiliy-pedagogik, mazmunli va maqsadli bloklarini nazariy-metodik bilimlar bilan integratsiyalash va mashg‘ulotlar jarayonida lingvistik sifatlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. B1 Va B2 (CEFR) darajalari platformalari misolida O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishda raqamlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
didaktik onlayn resurslarning potensial imkoniyatlarini aniqlash va ta’lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini qaror toptirishni ta’minlaydigan interfaol usullar va adaptiv kompleks mashqlar tizimini ularning lingvistik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan CEFR shkalasi bo‘yicha B1 va B2 darajalarida chet tilini o‘rganish jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish mezonlari, o‘quv jarayonining barqarorligini ta’minlaydigan integrasiyalashgan raqamli platformalarga asoslangan o‘quv markazlarining samaradorligi va ularning onlayn resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa ta’lim muassasalarida foydalanish uchun tavsiya etish mumkinligiga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan YoA-1-06-son “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondoshuv” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirish doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04/11-6331-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan natijalar ularni uslubiy loyihalashtirishga va keyinchalik platforma tarkibini O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv jarayoniga tadbiq etishga yordam berishi aniqlangan;
ta’limning tashkiliy-pedagogik, mazmunli va maqsadli bloklarini nazariy-metodik bilimlar bilan integratsiyalash va mashg‘ulotlar jarayonida lingvistik sifatlarni tarkib toptirishning didaktik-adaptiv algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan SMARTEST platforma misolida chet tilini o‘rganish samaradorligini oshirishning pedagogik modeli, EduHubni ZiyoNet milliy portaliga kiritish bilan bog‘liq ishlab chiqilgan tavsiyalar “million o‘zbek dasturchilari” tashabbusini yanada integrasiyalash orqali O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) o‘rtasidagi hamkorligining tajriba sxemasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining ish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 47929-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) o‘rtasidagi hamkorligining yangi darajasiga erishilgan;
faoliyatga doir, aqliy, hissiy yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotlarni differensial tarzda tashkil etishning produktiv metodlarini ta’lim paradigmasi bilan kombinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish sohasida masofaviy ta’limni tashkil etishning tashkiliy va uslubiy tarkibiy qismlari, onlayn darslar uchun platformalarning batafsil qiyosiy tahlili (masshtabga alohida urg‘u berilgan holda) asosida o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolar doirasi va ularning mumkin bo‘lgan yechimlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan YoA-1-06-son “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondoshuv” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirish doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04/11-6331-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda mustaqil o‘rganish yondashuvidan foydalanish samaradorligiga erishilgan.