Faxrutdinova Albina Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishda “Teskari sinf”aralash ta’lim modelining integratsiyasi (B1(CEFR) darajasi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3675. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yuryevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumaboeva Jamilya Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduganieva Djamilya Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishda “Teskari sinf”aralash ta’lim modelining integratsiyasi (B1(CEFR) darajasi misolida)ni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“aralash ta’lim” tushunchasining ilmiy-pedagogik xususiyatlari va metodik imkoniyatlari xorijiy tillarni an’anaviy, masofaviy va internet orqali o‘qitishda elektron pedagogikaning yetarlilik va zaruriylik (neccesity and sufficiency) tamoyillarini talabalarning rivojlanish vektoriga metakognitiv va metakommunikativ omillar vositasida yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan; 
aralash ta’lim sharoitida “teskari sinf” texnologiyasini xorijiy tillarni o‘qitish amaliyotiga joriy etish mexanizmlari zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim oluvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan sohaga yo‘naltirilganlik (narrowing) va autentik o‘quv materialini o‘zlashtirish metodlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida “teskari sinf” texnologiyasini xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga tatbiq etishning funksional modeli modellashtirishning universallik, normativlik va ilmiylik tamoyillarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga lingvodidaktik prinsiplar asosida integratsiyalar orqali takomillashtirilgan;
tayyorgarlik, sinf ishi va mustaqil ta’lim bilan Google Classroom resurslari orqali “teskari sinf” texnologiyasidan foydalanish usullari ingliz tilining faol leksikasini o‘rganishda lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplarini til o‘zlashtirishning psixofiziologik tamoyillari orqali aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda “Teskari sinf” aralash ta’lim texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida: 
ingliz tilining faol leksikasini o‘rganishda lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplarini til o‘zlashtirishning psixofiziologik tamoyillari orqali aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan tayyorgarlik, sinf ishi va mustaqil ta’lim bilan Google Classroom resurslari orqali “teskari sinf” texnologiyasidan foydalanish usullari, ingliz tili kursi uchun o‘quv materiallari mazmunini aralash ta’lim shaklida tuzish, shuningdek, o‘quv muhitida ishlab chiqilgan uslubiy va tashkiliy tamoyillar asosida “Teskari sinf” aralash ta’lim modelini amalga oshirish algoritmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan YoA-1-06 “Professional tarjimonlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni tashkil etishga vakolatli yondashuv” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04/11-6352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aralash ta’lim sharoitida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan metodikalarning amaliy ahamiyati aniqlashtirilgan va natijalari joriy qilingan;
modellashtirishning universallik, normativlik va ilmiylik tamoyillarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga lingvodidaktik prinsiplar asosida integratsiyalar orqali takomillashtirilgan aralash ta’lim sharoitida “teskari sinf” texnologiyasini xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga tatbiq etishning funksional modeli, ta’limda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning tashkiliy va pedagogik shartlarini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan YoA-1-06 “Professional tarjimonlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni tashkil etishga vakolatli yondashuv” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04/11-6352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qituvchilar o‘rtasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish tizimi takomillashtirilgan;
zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim oluvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan sohaga yo‘naltirilganlik (narrowing) va autentik o‘quv materialini o‘zlashtirish metodlari asosida takomillashtirilgan aralash ta’lim sharoitida “teskari sinf” texnologiyasini xorijiy tillarni o‘qitish amaliyotiga joriy etish mexanizmlari, elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda an’anaviy o‘qishni tashkil etish, elektron o‘quv yo‘li bilan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish, qo‘shma ta’lim sharoitida individual ehtiyojlardan kelib chiqqan holda mustaqil sinf o‘quv mashg‘ulotlarini va elektron o‘qishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanildi (2021-2022 yillarda) (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 12 yanvardagi 04-36-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar orqali tinglovchilarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarning til bilimlarini rivojlantirishda o‘qituvchilar o‘rtasida aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish