Isroilova Dildora Muxtorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhandis-talabalarni chet tili kasbiy muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish” (ingliz tili, magistratura), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped227. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy maslahatchi: To‘xtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Djumaboeva Jamilya Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dosent; Ikramxanova Feruza Ikromovna filologiya fanlari doktori (DSc), dosent; Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dosent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muhandis talabalarni chet tili kasbiy muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhandis-talabalarning kommunikativ va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining komponentlari zamonaviy pedagogik yondashuvlarni talabalarning lingvistik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sohaga yo‘naltirilganlik (narrowing) va autentik o‘quv materialini o‘zlashtirish metodlariga ko‘ra aniqlashtirilgan; 
muhandis-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik va metodik materiallar talabalarning verbal va noverbal muloqot shakllarini interfaol metodlar va diskursiv yondashuv vositasida rivojlantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan; 
muhandis-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirish darajalari talabalarning xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda texnik oliy ta’lim muassasalarida xorijiy til fanlarini madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishning hozirgi holatiga implemintatsiya qilishga ko‘ra aniqlashtirilgan;
muhandis-talabalarni chet tili kasbiy muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli Professional Technical Communication dasturini ta’lim amaliyotiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari yordamida tatbiq etish asosida ishlab chiqilgan;
muhandis-talabalarning kommunikativ va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga lingvodidaktik prinsiplarga ko‘ra integratsiyalash hamda talabalarda metakognitiv va metakommunikativ kompetensiyalarini tizimli shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandis-talabalarni chet tili kasbiy muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy pedagogik yondashuvlarni talabalarning lingvistik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sohaga yo‘naltirilganlik (narrowing) va autentik o‘quv materialini o‘zlashtirish metodlari asosida aniqlashtirilgan muhandis-talabalarning kommunikativ va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining komponentlariga doir tavsiyalardan Andijon mashinasozlik institutida olib borilgan Erasmus+ 586292-ERR-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS” loyihasida “O‘zbekistonda intellektual transport tizimlarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda magistratura dasturini tashkil etish” bo‘limida 2017-2020 yillarda foydalanilgan (Andijon mashinasozlik instituti 2021 yil 22 oktyabrdagi 38-03/1488-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya va texnik yozishni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirishda zarur manba bo‘lib xizmat qilgan;
talabalarning verbal va noverbal muloqot shakllarini interfaol metodlar va diskursiv yondashuv vositasida rivojlantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan muhandis-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik va metodik materiallarga doir tavsiyalaridan Andijon mashinasozlik institutida olib borilgan Erasmus+ 586292-ERR-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS” loyihasida “O‘zbekistonda intellektual transport tizimlarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda magistratura dasturini tashkil etish” bo‘limida 2017-2020 yillarda foydalanilgan (Andijon mashinasozlik instituti 2021 yil 22 oktyabrdagi 38-03/1488-son ma’lumotnomasi). Natijada, intellektual transport tizimlarini rivojlantirish, yangi innovasion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash hamda talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, zamonaviy talablar asosida magistratura yo‘nalishini shakllantirish bo‘yicha o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilgan;
Professional Technical Communication dasturini ta’lim amaliyotiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari yordamida tatbiq etish asosida ishlab chiqilgan muhandis-talabalarni chet tili kasbiy muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli, pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga lingvodidaktik prinsiplar asosida integratsiyalash hamda talabalarda metakognitiv va metakommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan muhandis-talabalarning kommunikativ va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O`zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar ssenariysida (2021-2022 yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston» teleradiokanalining 4 noyabr 2022 yildagi 04-36-1841-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhandis-talabalarining elektron resurslardan foydalanish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish kabi masalalari ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish