Salimova Dilmira Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Syujetli-rolli o‘yinlar vositasida maktabgacha o‘rta guruh bolalarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1597. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Babaeva Dono Razzoqovna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped80.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanqulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi syujetli-rolli o‘yinlar vositasida o‘rta guruh tarbiyalanuvchilarini axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishda syujetli-rolli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari reallikning dastlabki elementlari (dissotsiasiya, assotsiasiya, kombinatsiyalashtirish)ni kreativ faoliyat turlariga adaptivlashtirilgan “Veterinariya klinikasi”, “Harbiylashtirilgan o‘yinlar”, “FVV qutqaruvchilari”, “Sen qanday qilar eding?”, “Nega hayvonlar birga yashamaydilar?” didaktik o‘yinlarini ichki integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;  
maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning metodik modeli o‘quv-tarbiyaviy jarayonning bolalar noyobligiga yo‘naltirilgan komponentlari (tashxislash, baholash, rag‘batlantirish)ni pedagog va oilalarning korporativ hamkorligini konsentrik integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha o‘rta guruh bolalarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi axloqiy ongni rivojlantirishning reproduktiv, produktiv, kognitiv aspektlarini tarbiyachi-pedagoglarni innovatsion faoliyatiga integrativ singdirish asosida takomillashtirilgan;
syujetli-rolli o‘yinlar vositasida tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari bolalar faoliyatini tashkil etishning motivasion, kognitiv faoliyatli, kreativ bosqichlari induktiv va deduktiv fikrlashga yo‘naltirilgan maktabga tayyorlash dasturlarining reproduktiv, produktiv, kreativ daraja ko‘rsatkichlari hamda gender tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Syujetli-rolli o‘yinlar vositasida maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishda syujetli-rolli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari reallikning dastlabki elementlari (dissotsiasiya, assotsiasiya, kombinatsiyalashtirish)ni kreativ faoliyat turlariga adaptivlashtirilgan didaktik o‘yinlarini ichki integratsiyalash asosida maktabgacha o‘rta guruh bolalarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligininig 2022 yil 13 dekabrdagi 03-03/2-3254-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda syujetli-rolli o‘yinlar vositasida axloqiy sifatlarini shakllantirishning samarali metodlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan; 
maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning metodik modeli o‘quv-tarbiyaviy jarayonning bolalar noyobligiga yo‘naltirilgan komponentlari (tashxislash, baholash, rag‘batlantirish)ni pedagog va oilalarning korporativ hamkorligini konsentrik integrasiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligininig 2022 yil 13 dekabrdagi 03-03/2-3254 son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha o‘rta guruh bolalarining axloqiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishda syujetli-rolli o‘yinlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, pedagogik-psixologik jihatlari, bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda axloqiy sifatlarini rivojlantirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligininig 2022 yil 13 dekabrdagi 03-03/2-3254 son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha o‘rta guruhdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishda syujetli-rolli o‘yinlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari bolalar faoliyati, xulq-atvori va harakatlarida emotsional hozirjavoblik, hamdardlik qilish, insoniy munosabatlarni namoyon qilishga tayyorlikni rivojlantirish asosida aniqlangan; 
syujetli-rolli o‘yinlar vositasida maktabgacha o‘rta guruh bolalarining axloqiy sifatlarini rivojlantirishda milliy pedagogika elementlarini qo‘llash, pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va baholash mezonlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan FZ-202101064 raqamli “Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavvurlarini rivojlantiruvchi “Aqlli bog‘cha” elektron portalini yaratish” (2021-2023) mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (“MYSOFT GLC” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil “6” yanvardagi 19-son ma’lumotnomasi) Natijada syujetli-rolli o‘yinlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (motivasion, kognitiv faoliyatli, kreativ) va daraja ko‘rsatkichlari (reproduktiv, produktiv, kreativ) maktabgacha o‘rta guruh bolalarining gender xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish