Nurtaev Diyor Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning feruza konlari geologiyasi», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/GM142.
Ilmiy rahbar: Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sharipov Sherzod Faxridinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi feruza minerallashuvlarining geologik tuzilishi, shakllanish sharoitlari, mineralogik xususiyatlari va fazoviy tarqalishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ungurlikon, Oqturpoq, Shaugaz, Biryuzakon (Olmaliq-Angren kon tumani) va Jamankaskir, Ayakashhi, Oltintov, Auminza, Dolinnoe, Biryuzovoe (Markaziy Qizilqum mintaqasi) konlarining feruza minerallashuvining mikroelement tarkibi aniqlangan;
Qurama mintaqasida feruza minerallashuvining mis-porfir konlarini ikkilamchi sulfidli boyitish zonasiga va oksidlanmagan sulfidli ma’danlar va o‘zgarmas birlamchi jinslar zonasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
ilk bor raman spektrometriyasidan foydalangan holda O‘zbekiston feruzasining va jaxon analoglarining element tarkibidagi farqlari isbotlangan;
Markaziy Qizilqumning feruza konlari asosan bo‘r davridagi chiziqli nurash qobig‘i bilan chegaralanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda feruza konlarining geologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aniqlangan qidiruv belgilari (stratigrafik, geokimyoviy, litologik va tektonik) “Regionalgeologiya” DUKning geologiya-qidiruv ishlarini olib borish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologik qidiruv ishlarini olib borish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
feruza konlarini shakllanish sharoitlari bo‘yicha tasniflash “Regionalgeologiya” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, feruza konlarida qidiruv va razvedka ishlarini samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan;
feruza va mis ma’danli ob’ektlarining ma’lumot bazasi va xaritasi “Regionalgeologiya” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 01-41-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Qizilqum va Qurama mintaqalarida feruzaga istiqbolli bo‘lgan yangi maydonlar ajratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish