Atajonova Saidaxon Borataliyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Texnika oliygohlarida mutaxassislik fanlarini o‘qitishni fizik hodisalar asosida modernizatsiya qilish (Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3529.
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Djuraev SHerzod Sobirjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliygohlarida fizik hodisalar asosida mutaxassislik fanlarini o‘qitish tizimi va usullarini modernizatsiya qilishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning pedagogik jihatlari o‘zlashtirgan bilimlarni ob’ektiv reallikka munosabatini pedagogik kibernetikaga asoslangan nazariya va texnologiyalarning integratsion tizimga xos xususiyatlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning ilmiy tajribalarni o‘zlashtirish darajasi orqali ifodalangan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun belgilangan o‘quv maqsadini faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga doir innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, tizimli, izchil, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mexatronika va robototexnika yo‘nalishi talabalarining egallagan bilimlarini rivojlanganlik darajasi o‘quv jarayoni prognostikasi, egallangan bilimlarni eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy  tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisientni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislarga mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning pedagogik jihatlari o‘zlashtirgan bilimlarni ob’ektiv reallikka munosabatini pedagogik kibernetikaga asoslangan nazariya va texnologiyalarning integratsion tizimga xos hususiyatlariga muvofiq aniqlashtirishga oid takliflardan Andijon mashinasozlik institutida bajarilgan AIF2/21 "MECHAUZ: "Mexatronika va robototexnika" bakalavriat ta’lim yo‘nalishini raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish" (2019-2022 yillar) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2022 yil 24 maydagi 38-05/877-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan modernizatsiya qilingan yangi o‘quv reja, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar va bir qator yangi o‘quv uslubiy adabiyotlar asosida talabalarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga erishilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning ilmiy tajribalarni o‘zlashtirish darajasi orqali ifodalangan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun belgilangan o‘quv maqsadini faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan AIF 1/3-son “O‘zbekistonda Oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SYNERGY)” (2019-2022 yillar) mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (OO‘MTVning 2022 yil 25 avgustdagi 02/01-01-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim vazifalarini bajarish kompetensiyasini takomillashtirishga erishilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga doir innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, tizimli, izchil, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga hamda mexatronika va robototexnika yo‘nalishi talabalarining egallagan bilimlarini rivojlanganlik darajasi o‘quv jarayoni prognostikasi, egallangan bilimlarni eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy  tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisentni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan eRASMUS+ dasturi asosida 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP-son "Mexatronika va robototexnika" bakalavriat ta’lim yo‘nalishini raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish" (2019-2022 yillar) nomli grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (OO‘MTVning 2022 yil 25 avgustdagi 02/01-01-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo‘nalishi talabalarning ilmiy-innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga va ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish