Xakimova Dildora Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik birliklarning harbiy diskursda faollashuvining pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyoshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1000.
Ilmiy rahbar: Nasrullayeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiyev Ashur Abdiyevich, filologiya fanlari doktori, (DSc), professor; Rajabova Marjona Axmadovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy diskurs frazeologik birliklarining pragmatik mazmunini, ularning shakllanishi va qo‘llanishining universal va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy diskurs frazeologik birliklarining murakkab harbiy atamalardan farqlovchi semantik-stilistik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilib, taqqoslanayotgan tillarda harbiy diskurs frazeologik birliklaridan muayyan kommunikativ aktda hamda badiiy matnda foydalanishning pragmatik funksiyalari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy diskurs frazeologik birliklarining leksik-semantik va pragmatik mazmunidagi nominativ va kommunikativ vazifalari bo‘yicha o‘xshashliklari va harbiy unvonlarni nomlashda, atoqli otlardan va rang ramzlaridan foydalanish boyicha lingvomadaniy va etimologik farqlari ochib berilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi maqollarning harbiy mavzularga oid ijobiy va salbiy baholash, ma’qullash, ta’riflash, maqtash, rad etish kabi konnotativ xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy diskurs frazeologik birliklarining badiiy adabiyot matnlarida qo‘llanilishining harbiy ob’ektlarni tasvirlash bo‘yicha semantik va kommunikativ maqsadga oid pragmatik xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy diskursga oid frazeologizmlarning pragmatik mazmuni va struktur-semantik xususiyatlarining tadqiqi asosida:
harbiy diskursga oid frazeologizm va maqollarning semantik-stilistik va pragmatik mazmunining tahlil xulosalari FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarning nazariy masalalarini tadqiq etish” fundamental tadqiq loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022 yil 20 maydagi 17.01/116 -son ma’lumotnomasi). Dissertasiya materiallari harbiy sohaga oid frazeologik birlik va maqollarning lingvomadaniy mazmunini tahlil metodikasini o‘rganish hamda ularning pragmatik mazmunini tadqiq qilish uchun zamin yaratgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy diskurs frazeologik birliklarining badiiy adabiyot matnlarida qo‘llanilish xususiyatlari FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” fundamental tadqiq loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022 yil 20 maydagi 17.01/116-son ma’lumotnomasi). Material harbiy sohaga oid frazeologizm va maqollarning leksik-semantik mazmunini o‘rganish va harbiy mavzu doirasida maxsus kurslarni ishlab chiqish uchun xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy diskurs frazeologik birliklarining leksik-semantik va pragmatik mazmuning tahlil natijalari Samarqand davlat chet tillar insituti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar insitutining 2022 yil 31 avgustdagi 2400/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Foydalanilgan material harbiy diskursdagi frazeologik birliklarning semantik ma’nosini ochib berish va pragmatik funksiyalarni aniqlash imkonini bergan;
ingliz va o‘zbek tillarda harbiy diskurs frazeologik birliklaridan muayyan kommunikativ aktda hamda badiiy matnda foydalanishning pragmatik mazmunini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining “STR” davlat telekanalining madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining “Assalom, Samarqand!” mavzusidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat Teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 maydagi 01-11/191-son ma’lumotnomasi ). Natijada nutq jarayonida harbiy sohaga oid guruh vakillari tomonidan muayyan vaziyatda, harbiy sohaga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda va tarjima qilishda, chet el davlatlari harbiy soha vakillari bilan muloqot jarayonida harbiy diskurs frazeologik birliklaridan o‘rinli foydalanish, ularning muqobil tarjimalarini tanlash va samarali qo‘llash haqida mulohazalar yuritilgan.