Sulaymanov Oybek Madixonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga pestisidlar, biologik faol moddalarning ta’sirini asoslash”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/Qx1025.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qaxramon Anvarjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Azizov Baxrom Muzaffarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloq bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llaniladigan gerbisid, fungisid, biologik faol moddalarning maqbul me’yorlari va usullarini aniqlash hamda ularni uyg‘unlashgan holda qo‘llash tizimining ilmiy asoslarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy maydonlarida tarqalgan begona o‘tlarning oilasi, turi va biologik guruhlari aniqlanib, keng tarqalgan bir va ko‘p yillik begona o‘tlar, sariq zang kasalligiga qarshi hamda gerbisidlarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan stress holatini bartaraf etishda Entostar 75 % (20 g/ga)+ Ovsyugen ekstra (0,4 l/ga)+ Torso (0,5 l/ga)+ Gumimaks dvoynaya sila (3 l/ga) preparatlarini uyg‘unlashgan holda qo‘llash agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doyning maqbul o‘sishi, rivojlanishini ta’minlashda  “Gumimaks dvoynaya sila” biologik faol moddasining maqbul (0,6 l/t urug‘ + 0,2 l/ga tuplash + 0,3 l/ga naychalash fazalarida) qo‘llash muddati va me’yorlari aniqlanib, korrellyativ bog‘liqliklar regressiya tenglamasi (to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli) orqali ilmiy asoslangan; 
gerbisid, fungisid, biologik faol moddani uyg‘unlashgan holda (Entostar 75% (20 g/ga)+ Ovsyugen ekstra (0,4 l/ga)+ Torso (0,5 l/ga)+ Gumimaks dvoynaya sila (3 l/ga)) qo‘llashning kuzgi bug‘doyni yashovchanligi, tuplanishi, fotosintetik faoliyati, barg yuzasini shakllanishi, fotosintetik potensiali, biomassa to‘planishi, fotosintez sof mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning naychalash fazasida Entostar 75 % (20 g/ga)+ Ovsyugen ekstra (0,4 l/ga)+ Torso (0,5 l/ga)+ Gumimaks dvoynaya sila (3 l/ga) uyg‘unlashgan holda qo‘llanilganda (begona o‘tlarga kamayish samaradorligi 90%) 27,0 s/ga, tuplanish fazasida Ovsyugen ekstra gerbisidi (0,4 l/ga) qo‘llanilganda 9,7 s/ga, boshoqlash fazasida biologik faol modda Gumimaks dvoynaya sila (0,6 l/t urug‘ + 0,2 l/ga tuplash + 0,3 l/ga naychalash + 0,3 l/ga) preparati  qo‘llanilganda 19,3 s/ga don hosili oshishi isbotlangan; 
gerbisid, fungisid, biologik faol moddani uyg‘unlashgan holda kuzgi bug‘doyni naychalash fazasida qo‘llanilganda nazoratga nisbatan donning naturasi (25,0 g/l), shishasimonligi (11,5 %), don tarkibidagi oqsil miqdori (2,3 %) yuqori bo‘lganligi qayd etilib, yuqori iqtisodiy samaradorlikni (59,6 %) ta’minlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda gerbisid, fungisid va biologik faol moddalarni birgalikda qo‘llash agrotexnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer va agroklaster xo‘jaliklari uchun «Kuzgi bug‘doy etishtirishda pestisidlar va biologik faol moddalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17- avgust № 02/23-04/5691 sonli ma’lumotnomasi).  Ushbu tavsiyanoma hozirgi kunda Samarqand viloyatining kuzgi bug‘doy etishtirishga ixtisoslashgan fermer va agroklaster xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli hosil etishtirish maqsadida pestisidlar va biologik faol moddalarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash agrotexnologiyalari Samarqand viloyatining Tayloq, Oqdaryo va Narpay tumanlarida jami 128,6 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi № 02/23-04/5691 son ma’lumotnomasi). Natijada, gerbisid, fungisid, biologik faol moddalarni uyg‘unlashgan holda qo‘llanilishi hisobiga gektaridan 19,0-20,1 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;
Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyzorlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi Entostar 75% va Ovsyugen ekstra gerbisidlari va zang kasalliklariga qarshi kurashda Torso fungisidi hamda “Gumimaks dvoynaya sila” biologik faol moddasini uyg‘unlashgan holda qo‘llash texnologiyasi 128,6 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi № 02/23-04/5691 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiyani joriy qilinishi evaziga gektaridan 3 mln. 275 ming so‘m sof foyda olinib, 55 % rentabellikka erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish