Ochilov Iles Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakilkalyan tog‘lari apokarbonat oltin ma’danlashuvining geologik tuzilishi va joylashish sharoitlari», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM58.
Ilmiy rahbar: Yarboboev To‘lqin Nurboboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Pulatjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Sayitov Sardor Savriddinovich? geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chakilkalyan tog‘laridagi apokarbonat oltin ma’danlashuvining geologik tuzilishi va joylashish sharoitlarini aniqlash hamda bashoratlash-izlash kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududning geologik tuzilishida paleozoy yotqiziqlari kesimida karbonat qatlamlarining sezilarli darajada ustunligi, shuningdek, kichik granitoid intruziyalarning keng tarqalganligi aniqlangan;
apokarbonat oltin ma’danlashuvining to‘rtta asosiy: akata (Au-sul`fid-argillizit kvarssiz) – akba (Au-sul`fid-jasperoidli) – kavsagar (Au-sul`fosol`-jasperoidli) – karasu (Au-sul`fid-argillizit embrional`-jasperoidli) turlari ajratilgan;
apokarbonat oltin ma’danlashuvi Akata maydonida shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishdagi tik yotgan yorilish zonasi, Akba maydonida yirik formatsiyalararo uzilish joyini o‘z ichiga olgan, kichik kenglikdagi tektonik-zaiflashgan zona, Kavsagar maydonida shimoliy-sharqiy va submeridional` tarqalgan darzliklar sistemasi, Karasu maydonida subparallel va qiya kesib o‘tgan uzilmali buzilishlar seriyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor Chakilkalyan tog‘laridagi apokarbonat oltin ma’danlashuvi uchun tuzilma-geologik, geokimyoviy va mineralogik mezonlarni o‘z ichiga olgan bashoratlash-izlash kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chakilkalyan tog‘lari apokarbonat oltin ma’danlashuvining geologik tuzilishi va joylashish sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbonat jinslarda oltin ma’danlashuvining izlash metodologiyasi “O‘zbek geologiya qidiruvi” AJ Hisor dala geologiya qidiruv ekspedisiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 18 martdagi 02-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologik-qidiruv ishlarining istiqbolli yo‘nalishlarini tanlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan bashoratlash-izlash kompleksi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Hisor dala geologiya qidiruv ekspedisiyasining qidiruv ishlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 18 martdagi 02-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoratepa-Chakilkalyan tog‘-konchilik hududi Chakilkalyan maydonining apokarbonat oltin ma’danlashuviga istiqbolli janubiy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy qismlarida ayrim uchastkalarni bashoratlashga imkon bergan.