Boboyeva Sitora Ro‘zimaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda yoqilg‘i energetika majmui tarixi (XX - XXI asr boshlari Surxon vohasi misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar900.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; To‘xtayev Abdug‘ani Qilichevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi yoqilg‘i energetika sanoatining XX-XXI asr boshlaridagi faoliyatini, tizimdagi islohotlar jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vohada elektr energiyasini shakllanishi asosan chegara hududlardagi harbiy qismlarni, daryo portini, temir yo‘l stansiyalarni, ruslar yashaydigan aholi manzilgohlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, mudofaa salohiyatini oshirish, yer-suv islohoti haqidagi ma’lumotlar dalillangan; 
voha yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlanishi, taraqqiyoti va uning tarixi borasida rusiyzabon mutaxassislarni ishga jalb etish, ularni turmush tarzi, moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olish, mahalliy millat vakillarini elektr tarmoqlaridagi lavozimlarga jalb etmaslik, soha xodimlariga eng pastki ish haqi berilganligi, shuningdek, turmush tarziga e’tibor berilmaganligi haqidagi ma’lumotlar dalillangan; 
vohadagi elektr tarmoqlarni ko‘paytirishdan maqsad, yangi yerlarni ochish, yangi o‘zlashtirilgan yerlarga suv chiqarish maqsadida suv nasoslarini elektr bilan ta’minlash, asosiy e’tibor paxta xom-ashyosi bilan bog‘liq jarayonlarga taalluqli ekanligi aniqlangan; 
mustaqillikni dastlabki yillarida vohada elektr ta’minoti sohasidagi muammolarni bartaraf etishga oid islohotlar, yangi elektr tarmoqlarni qurilishi, zamonaviy elekt asbob uskunalarini olib kelinishi, elektrlashtirishni jahon andozalari asosida rivojlantirish, ushbu soha xodimlarni turmush tarzi, malakaviy bilim darajasini yuksaltirishga oid ma’lumotlar ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasida yoqilg‘i energetika sohasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
voha yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlanishi, taraqqiyoti va uning tarixi borasida rusiyzabon mutaxassislarni ishga jalb etish, ularni turmush tarzi, moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olish, mahalliy millat vakillariga ishonchsizlik yo‘nalishidagi siyosat asosida elekt tarmoqlaridagi lavozimlarga jalb etmaslik, bu sohada eng pastki ish haqini berilganligiga oid ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixi» kanalining ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston tarixi» kanalining 2022-yil 7-noyabrdagi 22-429-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘plab yangi tarixiy va ilmiy adabiyotlar, soha faoliyatiga doir huquqiy-normativ hujjatlar hamda boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotlaridan foydalanishga xizmat qilgan;
vohadagi elektr tarmoqlarni ko‘paytirishdan maqsad, yangi yerlarni ochish, markazni paxta monopoliyasini kengroq amalga oshirish, yangi o‘zlashtirilgan yerlarga suv chiqarish maqsadida suv nasoslarini elektr bilan ta’minlash, asosiy e’tibor paxta xom-ashyosi bilan bog‘liq jarayonlarga taalluqli ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 21-noyabrdagi 89-02-916-son ma’lumotnomasi). Bu esa elektrlashtirish siyosati va uning oqibatlari sovet davri tarixiga doir bir qator yangi ma’lumotlar hamda hujjatlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish