Tuxtamisheva Fatima Musirmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qashqadaryo vohasi an’anaviy kashtado‘zligining rivojlanish xususiyatlari”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar691. 
Ilmiy rahbar: Davlatova Saodat Tilovberdiyevna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Qayumov Asror Raimovich, tarix fanlari nomzodi; Matkarimova Sadoqat Maqsudovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasi an’anaviy kashtado‘zligining rivojlanish xususiyatlarini tarixiy-etnografik ma’lumotlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryoda kashtado‘zlik Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Dehqonobod va Qamashi tumanlari hamda shaharlari markazlarida qadimdan rivojlanganligi aniqlanib, o‘ziga xos ko‘rinishdagi kashta buyumlarda vohada yashovchi turli etnos (o‘zbek, arab, turkman va tojik)larning moddiy madaniyati an’analarining integratsiyasi aks etganligi asoslab berilgan;
voha kashtachiligining an’anaviy turlari (yo‘rmado‘zlik-popop kashtado‘zligi, jiyak to‘qish, do‘ppido‘zlik, applikatsiya, zardo‘zlik, zehido‘zlik), iroqi kashtasining oftobparast, to‘pchini, shopqilich, shobarchin kabi qadimiy naqshlari, sanama va chizma usulida tikish texnologiyasi, xom ashyolar (turli ipak iplar, igna, mato va qog‘oz), kashta turlari va ipaklarga tabiiy rang berish, hattoki yangi zamonaviy kashta buyumlarini tayyorlash texnologiyasidagi usullar uzoq vaqt davomida shakllanganligi aniqlangan;
voha kashtado‘zlari qadimdan qo‘lda bosma, yo‘rma, iroqi, kandaxayol, bigiz, do‘ro‘ya, ilmoq, baxmalchok, popop choklarida kirpech, dorpech, so‘zana, choyshab, chorsi, ro‘molcha, zardevor, joypush, yostiq jild, yengsa, kashta, iroqi, gizza, ko‘ltapo‘shak kabi yigirmadan ortiq kashta buyumlarini tikib, bugungi kungacha bu an’ana davom etib kelayotganligi dalillangan;
kashtalar bilan bog‘liq urf-odat (sep tayyorlash va sir tutish, oilada hunar o‘rgatish, shogird tayyorlash, fotiha berish), marosim (sunnat to‘y, nikoh to‘y va tantana-bayram)lar va xalq qarashlari, naqshlarni matoga tushirishda bezak naqshlarning ramziy-semantik ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasi kashtado‘zligining rivojlanish bosqichlarini yoritish va an’anaviy hamda zamonaviy ko‘rinishlarni tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qashqadaryo vohasi aholisining kashtado‘zlik an’analari va uning transformatsiyasi, kashta turlari, tikish texnologiyasi, xom ashyolar, ipaklarga rang berish texnologiyasi, kashtalar bilan bog‘liq urf-odat, marosim va xalq qarashlari, naqshlarni matoda chizishda ramzlar naqshlar tahlili hamda ularning semantik ifodalanishi kabi masalalarga doir materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 9-dekabrdagi 02-40-1843-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar orasida milliy an’analar va qadriyatlarni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish, madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryoda kashtado‘zlikning qadimdan rivojlangan Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Dehqonobod va Qamashi kabi tuman hamda shaharlari markazlarining kashta buyumlarida vohada yashovchi turli etnos (o‘zbek, arab, turkman va tojik)larning moddiy madaniyati an’analarining integratsiyasi aks etgan materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022-yil 21-iyuldagi 14-07-1233-son ma’lumotnomasi). Natijalar Qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
voha kashtachiligining an’anaviy turlari (yo‘rmado‘zlik-popop kashtado‘zligi, jiyak to‘qish, do‘ppido‘zlik, applikatsiya, zardo‘zlik, zehido‘zlik), tikish texnologiyasi, xom voha kashtachiligining an’anaviy turlari (yo‘rmado‘zlik-popop kashtado‘zligi, jiyak to‘qish, do‘ppido‘zlik, applikatsiya, zardo‘zlik, zehido‘zlik), iroqi kashtasining oftobparast, to‘pchini, shopqilich, shobarchin kabi qadimiy naqshlari, sanama va chizma usulida tikish texnologiyasiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining 2022-yil 25-avgust 04-14/1186-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari kashtado‘zlik hunarini yosh avlodga o‘rgatish va amaliy san’at asari sifatidagi ilmiy - amaliy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish