Xolmanova Feruza Uralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda yengil va oziq-ovqat sanoatining rivojlanish tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2020 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar647.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Tursunov Jovli Narzullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida 1991-2020 yillarda yengil va oziq-ovqat sanoati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hukumati davrida viloyatda sanoat tarmog‘i bir tomonlama rivojlangan bo‘lib, asosan xom ashyoga birlamchi ishlov berilgani va bu jarayon markaz manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilganligi, mustaqillik yillarida yengil va oziq-ovqat sanoati tizimida kichik, o‘rta, xususiy, xorijiy, tadbirkorlik sohasida yangi tarkibiy o‘zgarishlar qilinib, xom ashyodan tayyor mahsulotga qadar ishlab chiqarish jarayoni shakllantirilganligi tarixiy ma’lumotlar asosida dalillangan;
viloyatda sanoatni xususiylashtirish, sifat ko‘rsatgichlarni takomillashtirish, faqat birlamchi ma’sulot ishlab chiqarishdan tayyor eksport salohiyatiga javob beradigan asbob-uskunalarni jalb etish, yengil sanoat korxonalarini qayta qurishda iqtisodiyotni o‘rniga e’tiborni kuchaytirish, trikotaj, bolalar kiyimi, mahalliy matolarini jahon andozalari asosida sifatli tayyorlash, to‘qimachilik industriyasini rivojlantirish kabi tarixiy ma’lumotlar aniqlangan;
vohaga xos oziq-ovqat sanoati uchun malakaviy mutaxassisilarni jahon andozalari darajasidagi bilim ko‘nikmalarini oshirish, sanoatbop biologik, zoologik yangi navlarni yaratish, moslashtirish, yog‘-moy sanoatni tubdan isloh etish, vohaga xos quruq mevalarni jahon andozalariga mos holda ishlab chiqrarishni yo‘lga qo‘yish hamda ipak qurtidan yiliga ikki marotaba hosil olish hisobida tayyor mahsulotlar xorijga eksport qilishni rivojlantirishga oid ma’lumotlar tarixiy jihatdan dalillangan;
viloyatda hududiy sanoat klasterlari, agrologistika tizimi, haridorbop tog‘ meva, baliq, sut mahsulotlarni aholini kundalik ehtiyojlarini qondira oladigan darajadagi qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotini kuchaytirishi, sanoat tizimida mahsulotlar tayyorlash jarayonini optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, soha xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy madaniy turmush tarzini yuksaltirish, viloyat oziq-ovqat sanoatidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga oid tarixiy ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanish tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2020 yy) mavzusini o‘rganishda to‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida:
sovet hukumati davrida viloyatda sanoat tarmog‘i bir tomonlama rivojlangan bo‘lib, asosan xom ashyoga birlamchi ishlov berilgani va bu jarayon markaz manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilganligi, mustaqillik yillarida yengil va oziq-ovqat sanoati tizimida kichik, o‘rta, xususiy, xorijiy, tadbirkorlik sohasida yangi tarkibiy o‘zgarishlar qilinib, xom ashyodan tayyor mahsulotga qadar ishlab chiqarish jarayoni shakllantirilganligi tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2022-yil 22-apreldagi 1-1/672-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda sanoatni xususiylashtirish, sifat ko‘rsatgichlarni takomillashtirish, faqat birlamchi ma’sulot ishlab chiqarishdan tayyor eksport salohiyatiga javob beradigan asbob-uskunalarni jalb etish, yengil sanoat korxonalarini qayta qurishda iqtisodiyotni o‘rnini yortishga xizmat qilgan;
vohaga xos oziq-ovqat sanoati uchun malakaviy mutaxassislarni jahon andozalari darajasidagi bilim ko‘nikmalarini oshirish, sanoatbop biologik, zoologik yangi navlarni yaratish, moslashtirish, yog‘-moy sanoatni tubdan isloh etish, vohaga xos quruq mevalarni jahon andozalariga mos holda ishlab chiqrarishni yo‘lga qo‘yish hamda ipak qurtidan yiliga ikki marotaba hosil olish hisobida tayyor mahsulotlar xorijga eksport qilishni rivojlantirishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-apreldagi 02-31-770-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar viloyatda hududiy sanoat klasterlari, agrologistika tizimi, sanoat tizimida mahsulotlar tayyorlash jarayonini optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yengil va oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xulosalari bo‘yicha teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.