Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temurning Xitoy bilan munosabatlari tarixi (XIV asrning 70 yillari – XV asr boshlari)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Tar1186.
Ilmiy rahbar: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Manzarov Yusuf Xurramovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent; Urokov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV asrning 70 yillari – XV asr boshlarida Amir Temurning Xitoy bilan munosabatlarining tarixiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy va Movarounnahrda mahalliy sulolalarning hokimiyat tepasiga kelishi, ulardagi mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi, ayniqsa, Xitoyda Chingizxon merosiga da’vo qilish, Amir Temur davlatiga nisbatan “vassal”, “o‘lpon” to‘lovchi davlat sifatida qaralishi, o‘zaro munosabatlarda ushbu qarashlarning ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
Amir Temur tomonidan Xitoy (Min) davlatiga yuborilgan savdogar, elchi-savdogar, elchi-ayg‘oqchilar kabi o‘sha davrdagi xalqaro munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, Xitoyga yuborilgan savdogarlarning ayrimlari o‘sha erda qolib zaruriy ma’lumotlarni Movarounnahr hukmdori Amir Temur saroyiga yuborib turganligi isbotlangan;
O‘zbekiston davlatchilik tarixining muhim bosqichi bo‘lgan Amir Temur davlatida harbiy soha va uning rivoji, harbiy-taktik jang usullari va ularing qo‘llanilishi, Xitoy yurushga tayyorgarlik jarayonlari, strategik jihatdan qo‘shin tayyorgarligini kuchaytirish va zarur pozisiyalani tanlash, harbiy qo‘shin uchun qulay joy va vaqtni tanlash bilan bog‘liq masalalar aniqlashtirilgan;
Amir Temurning Xitoyga harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni ochib berishda, strategik nuqtai-nazardan Yulduz va Ashpara qal’asi (SHarqiy Turkistondagi voha) kabi tayanch nuqtalarni vujudga keltirish, qishda harbiy safarga chiqishning sabablari, qo‘shinlarning harakatlanishi qulay bo‘lishi uchun yo‘nalishlarga taqsimlanishi kabi jihatlar asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temurning Xitoy bilan munosabatlari tarixi (XIV asrning 70 yillari – XV asr boshlari)ni tadqiq etish natijasida olingan xulosalar asosida:
Xitoy va Movarounnahrda mahalliy sulolalarning hokimiyat tepasiga kelishi, ulardagi mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi, ayniqsa, Xitoyda Chingizxon merosiga da’vo qilish, Amir Temur davlatiga nisbatan “vassal”, “o‘lpon” to‘lovchi davlat sifatida qaralishi, o‘zaro munosabatlarda ushbu qarashlarning ta’sir ko‘rsatganligiga oid ilmiy yangiliklar va xulosalardan: O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88 son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerandlik tamoyillarida tutgan o‘rni”(qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 6 dekabrdagi 04/11-7826-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlarining o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin egallagan Amir Temur va uning xalqaro munosabatlari tarixidagi tutgan o‘rnini anglash, sog‘lom tole’randlikni shakllantirish masalalariga etibor berish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
Amir Temur tomonidan Xitoy (Min) davlatiga yuborilgan savdogar, elchi-savdogar, elchi-ayg‘oqchilar kabi o‘sha davrdagi xalqaro munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, Xitoyga yuborilgan savdogarlarning ayrimlari o‘sha erda qolib zaruriy ma’lumotlarni Movarounnahr hukmdori Amir Temur saroyiga yuborib turganligiga oid nazariy xulosalar va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022 yil 6 dekabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 6 dekabrdagi, 06-28-2011 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning Sohibqiron Amir Temur shaxsiga qiziquvchi tarixchilar va erkin tinglovchilarga Xitoy(Min) davlati bilan diplomatik munosabatlari tarixini amalga oshirishda nazariy-metodologik asos sifatida hamda savdogarlar tabaqasining jamiyat hayotidagi o‘nini belgilash, Amir Temurning Xitoyga harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rishi va uni amalga oshirishga bo‘lgan urinish masalalari mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng jamoatchilikka ochib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston davlatchilik tarixining muhim bosqichi bo‘lgan Amir Temur davlatida harbiy soha va uning rivoji, harbiy-taktik jang usullari va ularing qo‘llanilishi, Xitoy yurushga tayyorgarlik jarayonlari, strategik jihatdan qo‘shin tayyorgarligini kuchaytirish va zarur pozisiyalani tanlash, harbiy qo‘shin uchun qulay joy va vaqtni tanlash bilan bog‘liq masalalarga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bosh-boshqarmasining qurolli kuchlarning jangovar-taktik tayyorgarligini oshirish, askarlarni vatanga bo‘lgan muhabbat, ahdga sadoqat, har qanday vaziyatda ham burch mas’uliyatini his qilish va yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining 2022 yil 22 sentabrdagi 10/1821-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiyaviy jarayonida, milliy hamchihatlikni taminlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda foydalanish ahamiyati ochib berilgan hamda tayyorlanayotgan yuqori malakali kadrlar sifati va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, vazirlik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.