Hayotova Nafisa Zakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoroda zamonaviy shahar madaniyati (1991-2021 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar863.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Jamolova Dilnoza Muhiddinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Manzila Boqiyevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent; Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboyevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Buxoroda zamonaviy shahar madaniyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, transformatsiyasi, ushbu jarayonlarga ta’sir qilayotgan omillar va muammolarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hukumati tomonidan 1925-1990 yillar davomida Buxoroning sanoat shahriga aylantirishi oqibatida ko‘plab tarixiy obidalarning buzib tashlangani, tabiiy va geografik sharoitlar inobatga olinmasligi natijasida atrof-muhitga, aholining salomatligiga, shahar infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
Buxoro ip-gazlama kombinatining qurilishi Buxoroning iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan birga yo‘ldosh shaharlardagi ortiqcha mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini berganligi, bu esa o‘z navbatida, aglomeratsiyalashuv jarayonining eng muhim sharti bo‘lgan manzilgohlar o‘rtasidagi aholi qatnovi, ya’ni mayatniksimon migratsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
Buxoro shahridan atrof-muhitga zarar keltiruvchi yirik sanoat korxonalarining chekka hududlarga ko‘chirilishi natijasida havoga chiqayotgan zaharli moddalarning kamayganligi, shahar aholisini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, oqava suv to‘plash inshootlarining rekonstruksiya qilingani kabilar barqaror shahar muhitini yaratishga xizmat qilayotganligi dalillangan;
“Buxoro” xalqaro aeroporti, Buxoro temir yo‘l bekati va jamoat transportlarida sifatli xizmatning tashkil etilishi, mehmonxona va gastronomik turizmni rivojlantirilishi, sayyohlar uchun tarixiy obidalar xaritasi mobil ilovalarining yaratilishi shahar turistik salohiyatining ortishiga xizmat qilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Buxoroda zamonaviy shahar madaniyati (1991-2021) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
sovet hukumati tomonidan 1925-1990 yillar davomida Buxoroning sanoat shahriga aylantirishi oqibatida ko‘plab tarixiy obidalarning buzib tashlangani, shuningdek, tabiiy va geografik sharoitlar inobatga olinmasligi natijasida atrof-muhitga, aholining salomatligiga, shahar infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi materiallardan Buxoro viloyati Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi jamoatchilik fondining “Ijtimoiy sheriklik doirasida Abu Hafs Kabir muqaddas qadamjosini obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot choralarini amalga oshirish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 3 martdagi 7-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot materiallarining loyihada joriy etilishi Buxoro shahridagi me’moriy obidalar tarixini manbalar asosida yoritib berish imkonini bergan.
“Buxoro” xalqaro aeroporti, Buxoro temir yo‘l bekati va jamoat transportlarida sifatli xizmatning tashkil etilishi, mehmonxona va gastronomik turizmni rivojlantirilishi, sayyohlar uchun tarixiy obidalar xaritasi mobil ilovalarining yaratilishi shahar turistik salohiyatining ortishi hamda Buxoro shahridan atrof-muhitga zarar keltiruvchi yirik sanoat korxonalarining chekka hududlarga ko‘chirilishi natijada havoga chiqayotgan zaharli moddalarni kamayganligi, shahar aholisining to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, oqava suv to‘plash inshootlarining rekonstruksiya qilingani barqaror shahar muhitini yaratishga xizmat qilayotganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining loyiha va targ‘ibotlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2022 yil 8 fevraldagi 04-13/133 – son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy qilinishi yosh avlodning yurtimiz tarixini chuqur va xolis o‘rganish, shaharsozlik tarixini mukammal darajada tadqiq etish hamda xalqimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasbetgan.