Utayeva Feruza Xolmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatida to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi: yutuq va muammolar (XX asrning 70-yillari XXI asr boshlari)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar384. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Haitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Abdullayev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr 70 - yillari – XXI asrning dastlabki o‘n yilligi davrida Buxoro ip-gazlama kombinatining rivojlanish bosqichlarini, to‘qimachilik sanoati sohasidagi o‘zgarishlar dinamikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoroda to‘qimachilik sanoatining tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqalishi, buxorolik to‘quvchi ustalar o‘z tovarlari bilan mashhur bo‘lganligi, “Zandanacha” matolari azaldan Sharq va G‘arb mamlakatlarida nom qozonib kelganligi aniqlashtirilgan;
Buxoroda zamonaviy to‘qimachilik sanoatining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari, 1970-yildan Buxoro ip-gazlama kombinatida qurilish ishlari boshlangani, mazkur kombinatda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish borasida miqdoriy va sifatiy yuksalishlar yuz berganligi, kombinatning viloyat iqtisodiyoti va yengil sanoat salohiyatining ko‘tarilishiga va ko‘plab oilalarni moddiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilgan jihatlari asoslantirilgan;
Buxoro ip-gazlama kombinatining G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va Olot filiallarining qurilish tarixi va faoliyati samarali bo‘lganligi, biroq ular ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi tufayli barcha imkoniyatlarni ishga sola olmaganligi dalillangan;
Buxoro to‘qimachilik sanoatida birinchi va ikkinchi yigiruv-to‘quv fabrikasi, ip-bo‘yash fabrikasi, pardozlash fabrikasi va mexanika zavodini salmog‘ini oshirishda malakali kadrlarni tayyorlash bosqichlari, mustaqillik yillarida Buxoro to‘qimachilik sanoati tarixida yangi bosqichning boshlanganligi ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxoro viloyatida to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi: yutuq va muammolari (XX asrning 70 - yillari – XXI asrning boshlari)” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro to‘qimachilik kombinati va fabrikalarida ishlab chiqarish va ish sifatini samaradorligini oshirish uchun xorijiy mamlakatlardan zamonaviy to‘quv dastgohlar keltirilgan. Buxoroda yetishtirilgan ipakdek mayin va mustahkam paxta tolasidan ip-kalava, rangli va rangsiz gazlamalar, sochiqlar, chit, satin va keyinchalik tayyor kiyimlar, xorijda va vatanimizda xaridorgirligi bilan shuhrat qozonib, ko‘plab chet el investorlarini jalb qilganligi inobatga olinib, mavzuga oid to‘plangan dissertatsiya materiallar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasidagi muzeyning ko‘rgazma ashyolarini yangi buyumlar bilan boyitishga xizmat qilish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022-yil 10-oktabrdagi 02-01/3169-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatida to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi va xorij mamlakatlari bilan aloqalariga oid birlamchi manbalar bilan yaqinroq tanishish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
Buxorodagi ip-gazlama kombinatining qurilish tarixi, kombinatda ishchilar va ishlab chiqarish faoliyati, filiallardagi G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va Olot filiallaridagi to‘qimachilik sanoatining yutuq va muammolari haqidagi ma’lumotlardan Yengil sanoatning muhim tarmog‘i bo‘lgan to‘qimachilik taraqqiyoti haqida Buxoro viloyat telekanalining 2021-yil 6-iyun va 9-iyun kunlari “Assalom Buxoro”, “Menga so‘z bering”, 2021-yilning 22-noyabr va 13-dekabr kunlari efirga uzatilgan “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 20-apreldagi 1/88-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini boyitish va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, shuningdek, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashda muhim imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish