Alimova Moxichexra Muzafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyati yillarida Quyi Zarafshon vohasida iqtisodiy – ijtimoiy hayot (1925-1941 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar842.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar:  Beshim Tangrievich Mirzaqulov, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Maxmudjonovich Rasulov, tarix fanlari doktori, professor; Nigora Barotovna Maxmudova, dotsent, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1925-1941 yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni xalqning ijtimoiy qatlamlariga hamda ularning turmush tarziga ta’sir etishi va keltirib chiqargan oqibatlari ochib berilgan;
Quyi Zarafshon vohasida 1926-1927 va 1927-1932 yillarda ikki bosqichda amalga oshirilgan xotin-qizlarni ozodlikka chiqarishga qaratilgan “Hujum” kompaniyasi faqatgina sobiq sho‘ro hokimiyati va kompartiyaning tashabbusi bilangina amalga oshirilmasdan, balki o‘zbek xotin-qizlarining orzusi bo‘lganligi, istak va hohishlari ro‘yobga chiqganligi asoslantirilgan;
Quyi Zarafshon vohasida 1925-1941 yillarda ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida samarali o‘zgarishlar bo‘lganligi aniqlanib, milliy maktablar tashkil etilganligi, ularni moddiy-texnik hamda o‘quv jihozlari, darsliklar bilan ta’minlash ishlari jadal olib borilganligi dalillangan;
1920 yillarning oxiri - 1930 yillarning boshida Quyi Zarafshon vohasida qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning ixtiyoriylikdan chekinib, majburiylik asosida amalga oshirish jarayoni natijasida olib borilgan “quloqlashtirish”ning oqibatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyati yillarida Quyi Zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot (1925-1941) mavzusini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
1925-1941 yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy islohotlar natijasida jamiyatda yuz bergan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlardan yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, yurt manfaati yo‘lida o‘zining bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, O‘zbekiston istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yoshlar safini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika Yoshlar Ittifoqining 2020-2021 yillarda bajarilgan targ‘ibot faoliyatlarida tadbiq etilgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli qarori bilan tasdiqlangan konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Yoshlar Ittifoqining 2022 yil 8 avgustdagi 04-13/707-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va milliy tarbiyada o‘zlikni anglash g‘oyalarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibotini olib borish kabi ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
1925-1941 yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy islohotlar natijasida jamiyatda yuz bergan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlardan yoshlarning milliy tarixiy ongini shakllantirish va tarixdan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va xulosalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar BuxDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida 2020-2021 yillarda bajarilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyining 2022 yil 23 noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Natijalar 2020 yil 8 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5598 sonli farmoyishiga asosan Buxoro viloyatidan qatag‘on bo‘lganlarni nomma-nom aniqlash maqsadida belgilangan vazifalarni bajarishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
“Sovet hokimiyati yillarida Quyi Zarafshon vohasidagi iqtisodiy va ijtimoiy hayot (1925-1941)” mavzusidagi g‘oyalardan yoshlarni ilm olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashga oid xulosalari va yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi” ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasidagi Akademik innovatsiyalar fondining grant loyihalarini moliyalashtirishga tavsiya etilgan AIF 2/20 “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasi sifatini oshirish” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 noyabrdagi 89-05-169-son hamda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 19 sentyabrdagi 02/01-84-3/19-1/3-70-909-son ma’lumotnomalari). Natijada, oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan O‘zbekistonning eng yangi tarixi va jahon tarixi kabi fanlar mazmunini takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishi, mafkuraviy immuniteti va tarixiy mushohadasining shakllanishiga erishilgan;
dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyatga molik bo‘layotgan bugungi kunda mustabid tuzum tomonidan shafqatsizlarcha qatag‘onga duchor etilgan oddiy kasb egalari bo‘lgan minglab vatandoshlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini alohida Quyi Zarafshon vohasi misolida tadqiq etilgan g‘oyalari va yangiliklaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til-millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 13 iyundagi 1/140-son  ma’lumotnomasi). Natijada, milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash orqali yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, barkamol, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda dissertatsiya ilmiy xulosalari teletomoshabinlarga ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish