Yuldosheva Bibirajab Mirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro shahrining ekologik holati va atrof-muhit muhofazasi muammolari (1991-2021 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1142.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Tog‘ayeva Anoroy Zayniddinovna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor; Norov Shuhrat Suvonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda Buxoro shahri ekologiyasi va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida Buxoro aholisi salomatligi va shahar tarixiy markaziga tahdid solayotgan ekologik muammolar (havo va suv ifloslanishining ortib borishi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar, yer osti sizot suvlarining ko‘tarilishi hamda ifloslanishi va boshqalar)ning kuchayishiga tabiiy omillar bilan bir qatorda inson omili (sanoatlashuv, urbanizatsiya, qurilish va shaharsozlik me’yorlarining nazorati talab darajasida emasligi kabi holatlar) ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
Buxoro shahridagi tarixiy-madaniy meros ob’yektlari yemirilishining tezlashishida hamda shahar havosining ifloslanish darajasi ortib borishida asosan tabiiy-ekologik omillar, jumladan, Qizilqum shamollari tufayli yuzaga kelayotgan chang va tuz muvozanatni buzuvchi manbaviy asos bo‘lganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida Buxoro shahrida yashil maydonlar hajmining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori 13,7 foizga (7,0 m2 dan 6,04 m2 gacha) kamayib borganligi aniqlanib, bunga shahar infratuzilmasi obyektlari ekologik va zamonaviy shaharsozlik talablariga rioya qilinmasdan qurilganligi, infratuzilma oby’ektlari sonining 2,5 barobarga ortganligi, hudud iqlimiga mos bo‘lmagan daraxt va o‘simliklar ekilganligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi, sug‘orish tizimining oqilona yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi omillar sabab bo‘lgani ochib berilgan
shahar ekologik muhitidagi salbiy jarayonlarning kuchayishi aynan hududga xos bo‘lgan kasallik turlari, jumladan, bo‘qoq, yurak-qon tomiri kasalliklari, oshqozon-ichak, saraton kasalliklarining nisbatan ko‘p tarqalishiga sabab bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro shahrining ekologik holati va atrof-muhit muhofazasi muammolari (1991-2021 yy.)ni tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natija, xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik yillarida Buxoro shahar tarixiy markaziga tahdid solayotgan ekologik muammolarning ko‘lami va ta’siri kengayishiga Qizilqum shamollari olib kelayotgan tuz va changning miqdori va davomiyligi ortib borayotganligi, yashil maydonlar hajmining kamayib borayotganligi sabab bo‘lganligi, turizm rivojlanishining shahar atrof-muhit holatiga ijobiy va salbiy ta’siri, atrof-muhit muhofazasi muammolarining turizm rivojiga ta’siri yuzasidan asoslangan ilmiy xulosa va takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-02/7663-son dalolatnomasi). Natijalar Buxoro shahrida ekologik holat yaxshilanishiga hamda turizmning barqaror rivojlanishiga xizmat qilgan;
Buxoro shahrining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga kelgan ekologik muammolar bugungi kunda Buxoroning boy madaniy merosi va tarixiy inshootlariga, turizm salohiyatiga, eng avvalo, inson salomatligiga katta xavf solayotganligi, aynan hududga xos bo‘lgan kasallik turlari, jumladan, bo‘qoq, yurak-qon tomiri kasalliklari, oshqozon-ichak, saraton kasalliklarining nisbatan ko‘p tarqalishiga sabab bo‘layotganligi, shahar hududida ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarning yetishmasligi hamda so‘nggi o‘ttiz yilda ularning ulushi yanada kamayishi esa ekologik muammolarning salbiy ta’sirini kuchaytirayotganligi xususidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom Buxoro» va «Sakkizinchi mo‘jiza» kabi turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 sentyabrdagi 1/233-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshabinlarning shahardagi ekologik vaziyat va atrof-muhit holati haqida tasavvur-tushunchalarini boyitishga va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilgan.