Ne’matov Bo‘ritosh Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2481.
Ilmiy rahbar: Chariev Irgash To‘raevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kreativ faoliyatni takomillashtirish mazmuni o‘zaro integrativ xususiyatga ega shaxsning hissiy-irodaviy (o‘z-o‘zini nazorat qilish), intellektual (bilimdonlik) va ijodiy fikrlash qobiliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlashtirilgan;
faoliyatli yondashuvga ustuvorlik berish asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning ijodiy yo‘nalganlik, erudisiya, kreativ ta’sirchanlik va tashabbuskorlik, refleksivlik, mantiqiy fikrlay olish, boy tasavvur, ijodiy fikrlashning namoyon bo‘lishi, hissiyotga boylik kabi sifatlar tizimi aniqlashtirilgan;
kreativ faoliyat negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyati, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘lishini inobatga olish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirish bilish jarayoniga yo‘naltirilgan kreativlik bilan chambarchas bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida uning maqsadli-motivli, mazmunli, tezkor-faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi tarkibiy asoslari aniqlashtirilgan;
kasbiy pedagogik faoliyatni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-pedagogik, natijaviy-refleksiv kabi tarkibiy komponentlar bilan o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning blok-modulli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatni takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
kreativ faoliyatini takomillashtirish mazmuni o‘zaro integrativ xususiyatga ega shaxsning hissiy-irodaviy (o‘z-o‘zini nazorat qilish), intellektual (bilimdonlik) va ijodiy fikrlash qobiliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini hamda faoliyatli yondashuvga ustuvorlik berish asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning ijodiy yo‘nalganlik, erudisiya, kreativ ta’sirchanlik va tashabbuskorlik, refleksivlik, mantiqiy fikrlay olish, boy tasavvur, kreativ fikrlashning namoyon bo‘lishi, hissiyotga boylik kabi sifatlar tizimini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 8 apreldagi 01/11-01/10-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash amaliyoti yanada takomillashtirilgan;
kreativ salohiyat negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘lishini inobatga olish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirish bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liqligiga ustivorlik berish asosida uning maqsadli-motivli, mazmunli, tezkor-faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi tarkibiy asoslarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 8 apreldagi 01/11-01/10-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy pedagogik faoliyatni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-pedagogik, natijaviy-refleksiv kabi tarkibiy komponentlar bilan o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning lokal-modulli texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilga (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 8 apreldagi 01/11-01/10-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan.