Xakimov Ravshan Tulkunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari”, 12.00.10 – “Xalqaro huquq” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.2.DSc/Yu107.
Ilmiy maslahatchi: Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39.30.11.2020.Yu/S.128.01.
Rasmiy opponentlar: Ahtam Salomovich Tursunov, yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Bobokul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Nugmanov Nugman Abdullayevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlatlarning huquqiy vorisligiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini “to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilinishi, oliy yuridik kuchga ega bo‘lish”, “inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi, do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini yuritish”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini fuqaroligidan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi (ekstradisiya) mumkin emasligi” atamalarini Asosiy qonun modallariga kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
“ahdlashuvchi tomon”, “vakolatlar”, “davlat organi”, “denonsatsiya”, “depozitariy”, “muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ratifikatsiya yorlig‘i”, “xalqaro tashkilotlar”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish”, “qo‘shimcha shart” atamalarini qonun hujjatlariga kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
“Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash tashabbusi” va maxsus moddalarni kiritish zarurligi asoslangan;
davlat miqyosida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar, memorandumlar, rezolyusiyalar, paktlar, konvensiyalarning loyihalarini xalqaro huquq normalariga asoslangan holda tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etish zaruriyati asoslab berilgan;
hamkorlik va o‘zaro huquqiy yordam, davlatlararo munosabatlarning asoslari, mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan o‘zaro voz kechish, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik, boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi, davlatlararo ittifoqlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning haqiqiy emasligi, shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, ularni amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish munosabatlarini huquqiy tartibga solish qoidalarini kiritish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini “to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilinishi, oliy yuridik kuchga ega bo‘lish”, “inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi, do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini yuritish”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini fuqaroligidan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi (ekstradisiya) mumkin emasligi” atamalarini Asosiy qonun modallariga kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spekeri birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisining 2023-yil 3-fevraldagi 02/03-140-son ma’lumotnomalarida ko‘rsatilgan). Ushbu taklif va tavsiyalar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va madaniy huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qilinishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“ahdlashuvchi tomon”, “vakolatlar”, “davlat organi”, “denonsatsiya”, “depozitariy”, “muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ratifikatsiya yorlig‘i”, “xalqaro tashkilotlar”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish”, “qo‘shimcha shart” atamalarini qonun hujjatlariga kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 10/1-756-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020-yil 16-apreldagi 08/1-573-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarni tuzish va ularga qo‘shilish mexanizmlari (bitimlar, ustavlar, protokollar va konvensiyalar)ni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
“Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash tashabbusi” va maxsus moddalarni kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 10/1-756-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020-yil 16-apreldagi 08/1-573-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarda ishtirok etish va xalqaro shartnoma standartlariga javob beradigan huquqiy mexanizmlarni aniqlashtirishga imkon bergan;
davlat miqyosida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar, memorandumlar, rezolyusiyalar, paktlar, konvensiyalarning loyihalarini xalqaro huquq normalariga asoslangan holda tayyorlash borasida ekspert guruhlarini tashkil etish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 10/1-756-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 2020-yil 16-apreldagi 08/1-573-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xalqaro shartnomalarni xalqaro-huquqiy normalarga muvofiq shakllantirish va shartnomalarda davlatlarning xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari oldidagi majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish imkonini bergan;
hamkorlik va o‘zaro huquqiy yordam, davlatlararo munosabatlarning asoslari, mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan o‘zaro voz kechish, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik, boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi, davlatlararo ittifoqlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning haqiqiy emasligi, shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, ularni amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish munosabatlarini huquqiy tartibga solish qoidalarini kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 10/1-756-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020-yil 16-apreldagi 08/1-573-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xalqaro shartnomalarni tuzish, xalqaro shartnomalarda taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilab qo‘yish qoidalarini takomillashtirishga hissa qo‘shgan.