Bahramova Munira Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayol” konseptosferasining verbalizatorlari va kognitiv tahlili”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va hisoblash lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1PhD/Fil2337.    
Ilmiy rahbar: Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardayev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilda “ayol” konseptining verballashuvi hamda konseptosferani tashkil etuvchi lug‘aviy birliklar (verbalizatorlar)ni aniqlash, til jamoasi ongida “ayol” konseptining mazmuni va tuzilishiga xos konseptual sohaning semantik makonini modellashtirish, konseptning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tilda “ayol” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal xususiyatlari doirasidagi asosiy lug‘aviy birliklar aniqlanib, ushbu ifodalovchilar asosida konseptning freym (kognitiv kontekst) tuzilishi ochib berilgan;
o‘rganilayotgan konseptual maydonning markaziy va qurshov birliklari, verbalizatorlarning yadroga nisbatan yaqin, uzoq va ekstremal hududlari aniqlanib, konsept freymi tarkibida uchta asosiy slotlar – ayollarning “tashqi ko‘rinish”, “gender rollari”, “psixologik xususiyatlari” konseptual tarkibning eng katta tizimini tashkil etishi va konseptosfera doirasidagi asosiy ma’lumotlar ushbu slotlar atrofida to‘planishi dalillangan; 
maqollar konseptni jamoaviy ifoda etish vositasi sifatida “ayol” haqidagi tushuncha va tasavvurlarning lingvomadaniy ifoda birligi ekanligi asoslangan;
tilda “ayol” konseptining jamoaviy ongdagi assotsiativ maydoni belgilanib, uni tashkil etuvchi markaziy va chegara birliklarining mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ayol” konseptosferasining verbalizatorlari va kognitiv tahlili” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
tilda “ayol” tushunchasining madaniy konsept sifatidagi tavsifi hamda ushbu konseptual maydonning markaziy va qurshov birliklari – verbalizatorilarning yadroga nisbatan yaqin, uzoq va ekstremal chegarasi, konsept freymi tarkibida uchta asosiy slotlar – ayollarning “tashqi ko‘rinishi”, “gender rollari”, “psixologik xususiyatlari” konseptual tarkibiga xos xulosalardan 2020-2021 yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 3 noyabrdagi 1/04-31-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi ayol tushunchasi bilan bog‘liq terminlar izohi muayyan jihatdan boyitilgan;
tilda “ayol” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal xususiyatlari doirasidagi asosiy lug‘aviy birliklar hamda ushbu ifodalovchilar asosida konseptning freym (kognitiv kontekst) tuzilishi, “ayol” konsepti doirasidagi metaforalar, ularga xos baho munosabati haqidagi xulosalardan “Voprosi variologiii v russkom yazike: teoriya i praktika” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2022 yil 9 sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quv qo‘llanmaning 7-faslida dissertatsiyaning “Kognitiv tilshunoslik va lingvokognitiv tahlil usullari” deb nomlanuvchi paragrafidagi lingvokognitiv tahlil usullaridan lingvistik kompetensiyalarni dalillashda; qo‘llanmaning 11-faslida esa “ayol” konsepti tahliliga lingvokulturologik yondashuv nomli 3-bobning 2- va 3- paragraflaridagi materiallardan paremalarning ifodalanishi, metafora va frazeologik birliklarning qo‘llanishini misollar asosida dalillashda, leksik-semantik birliklar verballashuvi orqali konseptosferaning boyib borishini isbotlashda nazariy va amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilgan;
maqollar konseptni jamoaviy ifoda etish vositasi sifatida “ayol” haqidagi tushuncha va tasavvurlarning lingvomadaniy ifoda birligi ekanligi haqidagi xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2019-2020 yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Abadiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 noyabrdagi 219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish