Raxmonkulov Feruz Pardaboyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizayn bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3626.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Salohiddin Turdimurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiyev Abror Amrullayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizayn bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida web-dizayn bo‘yicha kompetentlikni rivojlantirishning nazariy aspektlari tizimli-faoliyatli, pragmatik-kompozision yondashuvlar hamda loyihalashning ixtiyoriylik, ijodiy faollik tamoyillarini axborotning hissiy-vizual ta’sirchanlik darajalariga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizayn bo‘yicha kompetenligini rivojlantirish metodikasi virtual makonni modellashtirishning amaliy integratsiyaga asoslangan badiiy loyihalash instrumentlarini obrazlar transformatsiyasida semantik jozibadorlik darajalariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda web-dizayn bo‘yicha kompetentlikni raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish modeli kasbiy axborotlarga ishlov berishning motivatsion-variativ yondashuvlarini kreativ rejalashtirishning differensial bosqichlariga shaxsiy xislatlar yaxlitligida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
fanlararo aloqalarga asoslangan pedagogik, ijtimoiy va psixologik tashxisning kompetensiyaviy mezonlari kasbiy tayyorgarlik sifatini barqaror ta’minlovchi grafik topshiriqlarni raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizayn bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida web-dizayn bo‘yicha kompetentlikni rivojlantirishning nazariy aspektlari tizimli-faoliyatli, pragmatik-kompozision yondashuvlar hamda loyihalashning ixtiyoriylik, ijodiy faollik tamoyillarini axborotning hissiy-vizual ta’sirchanlik darajalariga uyg‘unlashtirishga oid tavsiyalaridan Jizzax politexnika institutining AIF ¼ raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriyasini yaratish” nomli loyiha mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 9 martdagi 02-329-325-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizaynerlik faoliyatiga tayyorlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining web-dizayn bo‘yicha kompetenligini rivojlantirish metodikasi virtual makonni modellashtirishning amaliy integratsiyaga asoslangan badiiy loyihalash instrumentlarini obrazlar transformatsiyasida semantik jozibadorlik darajalariga ko‘ra qo‘llashga oid takliflaridan Jizzax davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan PO#02002358 raqamli “Access English for STEM” nomli loyiha mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 noyabrdagi 02-750-son ma’lumotnomasi). Natijada “Web-dizayn” fanini auditoriyada va auditoriyadan tashqarida o’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda web-dizayn bo‘yicha kompetentlikni raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish modeli kasbiy axborotlarga ishlov berishning motivatsion-variativ yondashuvlarini kreativ rejalashtirishning differensial bosqichlariga shaxsiy xislatlar yaxlitligida optimallashtirishga hamda fanlararo aloqalarga asoslangan pedagogik, ijtimoiy va psixologik tashxisning kompetensiyaviy mezonlari kasbiy tayyorgarlik sifatini barqaror ta’minlovchi grafik topshiriqlarni raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda intensiv qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Kompyuter grafikasidan vediodarslar” nomli elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 24 noyabrdagi 02/01-01-83-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik interaktiv texnologiyalari bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida web-dizayn bo‘yicha kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan hamda web-texnologiyalardan samarali foydalanishning imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish