Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Askiya poetikasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1192.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzayeva Salimaxon Rayimjanovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rasulova Zebiniso Jaloliddinovna, filologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek folklorining mustaqil askiya janrining o‘ziga xos xususiyatlari, janr tabiati, ularni muayyan guruhlarga ajratib tasniflash mezonlari, tasnifi, badiiy-estetik vazifalari hamda badiiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
askiya janrining latifa va boshqa yondosh kulgi qo‘zg‘atuvchi og‘zaki ijod janrlardan, sof fikr kurashi hamda bir necha ma’noni anglatuvchi so‘zlarning qo‘llanishiday farqli hamda yumorga asoslanganligi, hazil asosiga qurilishi, kulgining maydonga kelishiday mushtarak tomonlari aniqlanib, hayotiy-maishiy funksiyalari bilan aloqadorligi dalillangan;
askiyaning inson ruhiyatiga asab tizimi va ruhiy holatini ko‘tarishdagi ta’siri, tinglovchilarning kayfiyatini ko‘tarish – psixologik va kulgi hajv qilinadigan obyektning tasviri va u bilan bog‘liq voqea yoki holatning tasviri orqali yumoristik janrlarning didaktik vazifalari, askiyalarning o‘xshashlik va farqli badiiy xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek askiya san’atining milliy qadriyat sifatidagi va askiya badiiyatida badiiy tasvir vositalarining o‘xshatishga asoslangan askiyalar, tadbir mohiyati shartlari asosida mavzu tanlashga asoslangan askiyalar hamda so‘zsiz askiya shakli va uning dialogik yoki polilogik nutq ko‘rinishlari asoslangan;
askiya syujetida hukmronlik qiluvchi freymlarni ikki ko‘rinishdagi qobiqlar, ya’ni askiya mavzusini ochiq ifodalovchi hamda tag ma’noning mazmunan tizimliligini ta’minlovchi qobiq mutanosibligi motiv va iboralar tizimliligini talab etgani sabab komikostimulyasion motivlar zanjiri shakllanib, bir butunlikda askiyaning maydonga kelishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Askiya poetikasi” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
askiya janrining tabiati, askiya janridagi asarlarning o‘rganilishi, askiyalarda milliy ruh ifodasi, askiyalarning psixologik va didaktik vazifalari, askiyalarning badiiy xususiyatlari borasidagi xulosalardan Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2018-2020-yillarda bajarilgan F-3-2016-0908565532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 24-iyundagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folklorining o‘zbek folklori bilan bog‘liq uzvlari, kulgiga asoslangan janrlar tipologiyasini umumta’lim maktablari darsliklaridan o‘rin olishi va maktabda xalq og‘zaki poetik ijodiyotini o‘rgatish metodlarini ishlab chiqishda askiya janrining o‘rni beqiyos ekanligi aniqlangan;
askiya janrining ijro uslubi, ijro o‘rni va badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi (Onajonim she’riyat) ijodiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 22-iyuldagi 01-03/940-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning askiya san’ati badiiyati, so‘zga chechanlik va hozirjavoblik, qofiyabozlik, omonim so‘zlardan foydalanish san’atini o‘zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etishiga erishilgan;
o‘zbek askiya san’atining milliy qadriyat sifatidagi ahamiyati va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga oid ilmiy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-iyundagi 04-36-993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz badiiy tafakkurining ko‘p asrlik qadriyatlari tizimining yosh avlod ma’naviy kamolotidagi tutgan muhim o‘rni va ahamiyati xususidagi yangi ma’lumotlar keng tomoshabinlar ommasiga yetkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish