Kuchkarov Tuxtamurod Olimovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek folklori epik syujetlarining badiiy evolyusiyasi” 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.DSc/Fil444.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
Ilmiy rahbar: Turdimov Shomirza Ganiyevich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori; Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi yozma manbalar hamda o‘rta asr mualliflarining tarixiy-jo‘g‘rofiy asarlaridagi folklor materiallari asosida o‘zbek folklori epik syujetlarining manbalari, asosiy motivlar tizimining shakllanish jarayoni va epik janrlarning tadrijiy rivojini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek folklori epik syujetlarining tarixiy-genetik asoslari va manbalarini aniqlashda turkiy (o‘zbek) tilida Abulg‘oziyning “Shajarai turk”, fors-tojik tilida Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Rashid ad-dinning “Jome’ at-tavorix”, arab tilida Beruniyning “Osor ul-boqiya” hamda Geradodning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, Polienning “Harbiy xiylalar” kabi yunon tillarida yozilgan qadimgi yozma manbalardagi materiallar asosida folklorshunoslikda ilk bor epik syujetlar “Oysuluv va Kunbotir”, “Oychinor” dostonlarining sujeti Gerodotning “Tarix” asarida hikoya qilingan To‘maris to‘g‘risidagi rivoyat sujeti evolyusiyasi ekanligi aniqlangan;
o‘lkamiz tarixi, jo‘g‘rofiyasi, madaniyati, tili va adabiy qadriyatlariga oid yozma manbalar, turli davr sayyohlari va olimlarining memuar asarlari va manbalarda keltirilgan “Tumaris” rivoyati, “Oysuluv va Kunbotir” hamda “Oychinor” dostonlari syujetlarining qadimgi epik sujetlarga aloqadorligi aniqlangan;
qadimgi mifologiya va mifik sujetlarning yozma manbalardan o‘rin olishi, ommalashish xususiyatlari hamda Gerodotning “Tarixi”, “O‘g‘uznoma”, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” kabi manbalardagi folklor materiallari asosida epos sujetlari va an’anaviy motivlarning proturkiy epos tarkibidagi o`rni, tadrijiy takomili va genetik asoslari oydinlashtirilgan;
afsona va rivoyatlarda epik syujetning poetik transformatsiyasi hamda etnonimik rivoyatlar syujetining badiiy evolyusiyasi o‘g‘uz qabilalari epik an’anasining tashuvchilari hisoblangan o‘zon, ya’ni baxshi-shoirlar tomonidan yaratilgani “Alpomish” dostonida nomi tilga olingan Boysun eponimi va yirik adabiy yodgorliklardan biri bo‘lgan O‘rta Osiyo o‘g‘uz eposi “Kitobi dadam Qo‘rqut” kitobi orqali ochib berilgan;
xalq dostonchiligining yaratilishi, taraqqiyoti va rivojlanishini ta’minlaydigan eng muhim omillardan biri bo‘lgan epik bilim va epik xotiraning shakllanishida qadimgi sak-massaget arxaik eposi muhim rol o‘ynaganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. O‘zbek folklori epik syujetining badiiy evolyusiyachi, epik syujetning an’anaviylashtirish jarayonlari va uning muhim xusisyatlari, uning tarkibidagi asosiy motivning genizi borasidagi masalalarni yortish bo‘yicha olingan natijalar qo‘yidagi yo‘nalishlarda joriy qilingan.
“O‘g‘uznoma” syujeti va uning “Shajariyi tarokima” dagi talqini (2013), “Kitob ul-qand fi-t-tarixi samarqand” dagi o‘zbek xalq toponimik rivoyatlari (2014), “Beruniyning “Osor al-boqiya” asaridagi mifologik afsonalar va epik syujetlar evolyusiyasi” (2014), “Yozma manbalarda qorluqlar bilan bog‘liq etnonimik rivoyatlar” (2015), “Qipchoqlar haqidagi etnonimik rivoyatlarning o‘rta asr yozma manbalaridagi epik talqiniga doir” (2016) kabi ilmiy maqolalaridagi o‘zbek folklori epik syujetlarining badiiy evolyusiyasi bilan bog‘liqligiga doir ilmiy-nazariy qarashlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur tarqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi 2012-2016-yillarda bajarilgan F1-XT-0-19919 raqamli fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022- yil 7 - iyuldagi 04/1 -2273-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek folklori epik syujetining badiiy evolyusiyasini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi yozma manbalar, xususan, yunon, arab, fors, xitoy tillarida yaratilgan tarixiy asarlar, shuningdek, o‘rta asrlardan e’tiboran turkiy tilda bitilgan tarixiy, jo‘g‘rofiy va ilmiy adabiyotlardagi folklor materiallarining talqini masalasiga doir materiallar va ilmiy-nazariy qarashlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020- yillarda bajarilgan F1-XT-0-19919 raqamli “Qadimgi davrlardan XIV asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 25-apreldagi 04/1-779-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi marta O‘rta Osiyo tarixiga oid yozma manbalar hamda o‘rta asr mualliflarining tarixiy-jo‘g‘rofiy asarlaridagi folklor materiallarini qiyosiy tavsiflashga yo‘l ochgan;
o‘zbek folkloridagi yetakchi motivlar, epik syujetlarning genezisi, manbalari, tarixiy asoslari va ilk shakllari jahon xalqlari epik syujetlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish asnosida badiiy tafakkurning tarixiy asoslarining ajdodlarimiz ma’naviy merosida tutgan muhim o‘rni haqidagi natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limidagi adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlarda, yosh ijodkorlar bilan tashkil etilgan “Jizzax oqshomlari” kabi uchrashuv va uyushma tomonidan tashkillashtirilgan targ‘ibot ishlarida samarali foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 2-noyabrdagi 01-03/1295-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek folklori epik syujetlarining badiiy evolyusiyasi, genezisi, o‘ziga xos xususiyatlari yosh ijodkorlarning o‘zbek xalq dostonchiligi borasidagi fikrlarini shakllanishi va badiiy-estetik tafakkurining o‘stirishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan;
O‘rta Osiyoga oid yozma manbalardagi folklor materiallarini ilmiy tavsiflash, epik syujetlarning har bir davrdagi tarixiy-folkloriy jarayonga xos xususiyatlarni tashuvchi manba sifatidagi belgilari yoritishga bag‘ishlangan ilmiy qarashlardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida, shuningdek, “Jizzax” radiokanali orqali “Xabarlar” eshittirishida foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 14-martdagi 10-12/168-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmun jihatdan mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.