Muxlisov Sodiqjon Saidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3398.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltayevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tashkiliy-pedagogik kompetentligi fanlarning imkoniyatlari o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikro muhitni yaratish hamda rivojlantiruvchi ta’lim mazmuniga adaptiv moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish jarayoni kasbiy faoliyat tuzilishi, motivatsion-maqsadli, kognitiv-metodik, kommunikativ, tashkiliy-faoliyatli komponentlarning o‘zaro integratsion ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish modeli tashkiliy-pedagogik kompetentlik komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlarining o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlari yashil texnologiyalardan foydalanish madaniyatini tarkib toptirish, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligini rivojlantirish, mantiqiy rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda fan modullarining o‘zaro aloqadorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tashkiliy-pedagogik kompetentligi fanlarning imkoniyatlari o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikromuhitni yaratish hamda rivojlantiruvchi ta’lim mazmuniga adaptiv moslashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanganlik darajalarini tadqiq qilish uslubi” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 14-dekabrdagi 04-04/01-2529-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida pedagogik-psixologik fanlar orqali tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish omillari aniqlangan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish modeli tashkiliy-pedagogik kompetentlik komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlarining o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarini hisobga olish asosida takomillashtirilganga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining AIF 2/20-raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” nomli xalqaro amaliy tadqiqot loyihasining 2-komponenti “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” va 4-komponenti “Ta’lim natijalarini baholash tizimini xalqaro standartlash asosida takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2022-yil 7-dekabrdagi 02-02/473-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlari yashil texnologiyalardan foydalanish madaniyatini tarkib toptirish, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligini rivojlantirish, mantiqiy rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda fan modullarining o‘zaro aloqadorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanganlik darajalarini tadqiq qilish uslubi” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 14-dekabrdagi 04-04/01-2529-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlari takomillashtirishga erishilgan.