Faxriddinov Yoqubjon Abubakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmlari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2204.
Ilmiy rahbar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Dustnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish imkoniyatlari turli xil pedagogik vaziyatlarni improvizatsiya qilish, ta’lim sub’ektlarining malakaviy va kasbiy individual sifatlarini didaktik maqsadlarga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish modeli yetakchi pedagogik prisiplarning nisbiy yaxlitligi va ichki izchilligini ta’minlash mezonlarini ketma-ket aniqlashtirish, aks ettirish hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarligini asosiy refleksiv jarayoniga izchil transformatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish texnologiyalari faoliyatli-motivatsion bilimga yo‘naltirilganlik, reproduktiv faollik hamda innovatsion – tizimli yondashuvlarni kvalimetrik nazorat qilishga qaratilgan ijodiy-rivojlantiruvchi pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mezonlari shaxsning sub’ektiv qobiliyatlarini funksional baholash hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion tendensiyalarni operatsion sohaga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmlari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish imkoniyatlari turli xil pedagogik vaziyatlarni improvizatsiya qilish, ta’lim sub’ektlarining malakaviy va kasbiy individual sifatlarini didaktik maqsadlarga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 538-151-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish modeli yetakchi pedagogik prisiplarning nisbiy yaxlitligi va ichki izchilligini ta’minlash mezonlarini ketma-ket aniqlashtirish, aks ettirish hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarligini asosiy refleksiv jarayoniga izchil transformatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0257-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmlarini metodik ta’minotini takomillashtirishni tarkib toptirishga yerishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish texnologiyalari faoliyatli-motivatsion bilimga yo‘naltirilganlik, reproduktiv faollik hamda innovatsion – tizimli yondashuvlarni kvalimetrik nazorat qilishga qaratilgan ijodiy-rivojlantiruvchi pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0303-raqamli guvohnoma). Natijada, bu yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mezonlari shaxsning sub’ektiv qobiliyatlarini funksional baholash hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion tendensiyalarni operatsion sohaga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0303-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilish mexanizmlarining mezonlari, omil, shakl va usullarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish