Abdullayev Botir Baxtiyor o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Intellektual tizim vositasida talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06-Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped734.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika unversiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekchanova Shoira Bazarbayevna, redagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual tizim vositasida talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida intellektual tizim vositasiga asoslangan bulutli texnologiya, blokcheyn, smart kontent, gipermatnli kontentlarni o‘zida mujassam etgan ta’lim resursi orqali “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning mazmuni DTS va malaka talablarini hisobga olgan holda nazariy, pedagogik, ergonomik va texnologik yondashuvlar va ta’limiy tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantiruvchi modeli intellektual tizim vositasida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning didaktik, ergonomik, texnik talablarni transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
intellektual tizimga asoslangan ta’lim resursi Web texnologiyalar hamda Google cloud xizmatlari kooperatsiyasi asosida ishlab chiqilib, u orqali “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
intellektual tizim vositasidan foydalangan holda talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish metodikasi samaradorligini aniqlovchi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (yuqori, o‘rta, past baholash darajalari) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intellektual tizim vositasida oliy talim muassasalari talabalarining axborot kompetentligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida intellektual tizim vositasiga asoslangan bulutli texnologiya, blokcheyn, smart kontent, gipermatnli kontentlarni o‘zida mujassam etgan ta’lim resursi orqali “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning mazmuni DTS talablarini hisobga olgan holda nazariy, pedagogik, ergonomik va texnologik yondashuvlar va ta’lim tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i bilan berilgan 302-1-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda talabalarning axborot kompetentiligini rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratilgan;
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantiruvchi modelini intellektual tizim vositasida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning didaktik, ergonomik, texnik talablarni transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i bilan berilgan 302-1 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni talabalarga yetkazishda intellektual tizim vositasidan foydalanilib, talabalarning axborot kompetentligi takomillashishiga erishilgan;
intellektual tizim vositasi asosida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish orqali talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish samaradorligini aniqlovchi baholash mezonlari ishlab chiqilgan va talabalarning bilimini baholash darajalari aniqlangan hamda tajriba-sinov asosida statistik tahlil qilinib ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish bo`yicha takliflari “Axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i bilan berilgan 302-1 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning axborot kompetentligini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish