Xodjaeva Nigora Baxromovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Genetik, patomorfologik va gormonal parametrlarga asoslangan xolda terinig melaninli disxromiyalarini davolashning zamonaviy usullari», 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4 DSc./Tib619.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Ulugbek Yusufxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Atxamjon Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Gildieva Margarita Sabirovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Nelli Konikov tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi terining melaninli disxromiyalarini genetik, patomorfologik va gormonal parametrlarga asoslangan xolda davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda melazmani pigmentatsiya intensivligi bo‘yicha og‘irlik darajasi (engil, o‘rta va og‘ir) va tarqalganligini vizual baholashdagi MASI (Melasma Area and Severity Index) va MSS (Melasma severity scale) usullari ko‘rsatkichlaridan instrumental meksametriya (Multi Skin Test) va Antera-Led (3D Miravex) yordamida aniqlangan ko‘rsatkichlar darajasi ishonarli ravishda yuqori ekanligi isbotlangan;
ayollarda melazmaning morfologik (dermal, epidermal va aralash) turlarini Vud lampasi bilan aniqlashning referens usul (biopsiya) bilan qiyosiy taqqoslaganda, ushbu usulning sezgirligi, o‘ziga xosligi va tashxislash samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonarli ustunligi isbotlangan;
melazma bilan kasallangan o‘zbek millatiga mansub ayollarda estrogen reseptorlari ESR2 genining mutant SNP rs910792156, rs543025691 va rs188329310 allellarini tashuvchanlik umumiy populyasiyadan juda yuqori darajada (2500 marta ko‘p) uchrashi isbotlangan;
o‘zbek millatiga mansub sog‘lom va bemor ayollarda estrogen reseptorlari ESR2 genining SNP rs750091675 (c.541_543delAAT) gomozigota del/del genotipi aniqlanmagan bo‘lsada, geterozigota AAT/del genotipi ikkala guruxda teng miqdorda ekanligi isbotlangan:
o‘zbek millatiga mansub ayollarda dermal va aralash turdagi melazma paydo bo‘lishida ESR2 geni SNP polimorfizmining noxush del alleli sabab bo‘lsa, epidermal turdagi melazma bilan kasallanishda SNP polimorfizmining ijobiy rs750091675, rs910792156, rs543025691, rs 188329310 genotiplari dahldorligi isbotlangan;
ayollarda estrogen reseptori ESR2 genining SNP polimorfizmining ijobiy rs 750091675 genotipi melazmada yondosh giperxolesterinemiya va giperglikemiya paydo bo‘lishida protektiv xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
o‘zbek millatiga mansub ayollarda melazma kasalligiga progesteron reseptorlari PGR genining SNPlari geterozigotali GT genotipli rs 1042838 alleli, melazma rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganda noxush rs1042838 va rs2020878 (T va G) allellari, terining chuqur zararlanishiga qarshi himoyaga ijobiy rs75792426 va rs2020878 allellari dahldorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Terining melaninli disxromiyalarini genetik, patomorfologik va gormonal ko‘rsatkichlariga asoslangan holda davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollarda melaninli disxromiyalarini turli usullarda tashxislash asosida ishlab chiqilgan «Melazmalarni tashxislashda zamonaviy yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/683-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda zamonaviy usullar yordamida melazmalarni rivojlanishini erta tashhislash va oldini olish imkonini bergan;
ayollarda melazmaning genetik, patomorfologik va gormonal ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan «Melazmada tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/683-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi o‘zbek millatiga mansub ayollarda melazmaning rivojlanishi, kasallikning klinik kechishi va morfologik xususiyatlarini erta tashxislash asosida o‘z vaqtida davolash taktikasi aniqlash imkonini bergan;
terining melaninli disxromiyalarini molekulyar genetik jihatlari, patomorfologik va gormonal ko‘rsatkichlariga asoslangan xolda davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent va Andijon viloyatlari teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, Samarqand shahar «Orio estet medical» MChJ va Toshkent shahar «Dermatolog Saidqosim Arifov» MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 fevraldagi 0409/126-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi ayollarda melazmani rivojlanish xavfini immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida erta tashhislash va morfologik xususiyatlarini aniqlash, olib borish usulini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktikasini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirish xamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.