Xolmurodova Nargiza Xolmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modulli o‘qitish asosida talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish (oliy o‘quv yurtlarning nofilologik fakultetlarida ingliz tilini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped502.
Ilmiy rahbar: Musayeva Nodira Nizomovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modulli o‘qitishda pedagogik taksonomiyadan foydalangan holda oliy o‘quv yurtlarning nofilologik fakultetlari talabalarining chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish prinsiplarini va metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy o‘quv yurtlarning nofilologik fakultetlarida talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda maksimal aniq maqsadlarni belgilash, o‘qitish jarayonida uzluksiz qayta aloqani ta’minlash shart-sharoitlari aniqlangan;
talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning kompetensiyaviy yondashuv, integrativ yondashuv, motivatsiya, kasbiy leksikaga tayanish, maqsadga yo‘naltirilganlik, modulli-lingvistik yondashuv, talabaning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish metodlari samaradorligi asoslangan;
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan chet tilini o‘qitish metodologiyasining kommunikasiyaga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuv, intensiv amaliyot, nutq ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘qitishninng adekvatlik, odatiy kommunikativ vaziyatni modellashtirish tamoyillari rivojlantirilgan;
chet tilini o‘qitishning integrativ modullari metodikasi, integrativ modullarning o‘quv materiallarini shakllantirish metodikasi, chet tilini o‘qitishda integrativ modullardan foydalanish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modulli o‘qitish asosida talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bitiruvchilarning chet tillar bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablar, lingvistik hamda nutqiy kompetensiyalarni o‘z ichiga olgan didaktik modelini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishga qaratilgan chet tili o‘qitishda modulli ta’limni tashkil etish metodikasi va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Ingliz tili (Psixologiya (umumiy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi uchun integrativ modullar)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi 266, SamDU kengashining 2020 yil 30 noyabrdagi 4-sonli qarori). Natijada, talabalarning chet tili ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning innovatsion, mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan; 
o‘qituvchilarining chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish hamda faoliyatini baholashga oid amaliy taklif va metodik tavsiyalardan AIF 2/13 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 20 maydagi 10-1534 - son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostikalash va chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligining rivojlanganlik darajasining baholash usullari takomillashtirilgan;
talabalarning chet tidagi kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini faollashtirish va rivojlantirishni ta’minlaydigan maxsus ishlab chiqilgan modullar tipologiyasi asosida oliy o‘quv yurtlarning nofilologik fakultetlari talabalarining ilmiy nutq madaniyatini shakllantirishning didaktik modeli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi tavsiyalardan “Savodxonlik va hisoblash qobiliyatlarining savodsiz voyaga yetganlar kognitiv faoliyatiga ta’siri to‘g‘risida”gi PAC/SLL&CS/TRC/VN/MPI/959/ 2016-18 fundamental loyihada foydalanilgan (Yangi Dehli Javaharlal Neru nomidagi universitetining 2021 yil 6 iyundagi 112267 - son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tili fanidan talabalarning darsliklar va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish darajasi tahlil qilingan;
tavsiyalar, integrativ modullarni yaratish metodikasi, integrativ modullar asosida o‘quv materialini tuzish metodikasi, pedagogik taksonomiyadan foydalangan holda chet tilini modulli o‘qitish asosida o‘rgatish bo‘yicha olingan xulosalardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 27 maydagi 1126/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun integrativ modullar va “Chet tili” fanining ishchi o‘quv rejasini ishlab chiqishga erishilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetensiya, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish hamda modulli ta’lim bo‘yicha shug‘ullanayotgan kishilarni xabardor qilish va targ‘ib qilish maqsadida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining efirga uzatilgan “Ingliz tili saboqlari” (4 dekabr 2020 yil), “Farovonlik yo‘lida” (16 dekabr 2020 yil) va “Ta’lim va taraqqiyot” (20 dekabr 2020 yil) ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 dekabrdagi 09–01/392 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
pedagogik taksonomiyadan va kompetensiyaviy yondashuvdan foydalangan holda o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish, ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish, o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash va rejalashtirilgan ta’lim natijalariga kafolatli erishishga oid tavsiyalardan Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika institute ta’lim jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 89-03-5531 – son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga, ingliz tilida kasbiy leksikani mukammal o‘rganishga va kasbiy fanlarni ham chuqurroq o‘zlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish