Abduraxmanov Sirojiddin Muminkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rgatishda leksik derivatsiyalardan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1555.
Ilmiy rahbar: Nazarov Pulat Djuramurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliyev Saydumar Saydaliyevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rgatishda leksik derivatsiyalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish jarayonida so‘z yasalishining affiksatsiya, konversiya, kompozita va abbreviatura shakllarida hosil bo‘lgan leksik derivatlarni lug‘aviy va grammatik jihatlarini farqlash, o‘zaro qiyoslash, nutq vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash mexanizmi asosida isbotlangan;
nemis tilida so‘z yasalishi bilan bog‘liq prefiks (bekommen...), suffiks (Arbeiter...), sirkumfiks (verständlich...), konfiks (Kindergarten...), unikal morfemalar (Brautigam...) kabi so‘z yasovchi leksik birliklar, shuningdek qo‘shma so‘zlar (Schul+tasche...), bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tish (weinen – das Weinen...), qisqartmalar (U-bahn...) kabi so‘z yasash hodisalarini ongli qiyoslash, kreativ va tanqidiy fikrlashga undovchi didaktik mashq va topshiriqlar asosida lingvodidaktik va axborot-metodik ta’minot takomillashtirilgan;
talabalarning nemis tilidagi leksik derivatsiyalarni o‘rganish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari (“-er” suffiksini ham so‘z yasovchi qo‘shimcha, ham shakl yasovchi qo‘shimcha, ham bog‘lama element sifatida qo‘llanilishi), so‘zlarning tarkibini o‘zlashtirish bo‘yicha kuzatiladigan xatoliklari (nemis tiliga xos bo‘lgan umlautli affikslardagi (Militär, Frisör - Militar, Frisor)) aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqilgan;
nemis tilida so‘z yasalishi turlari (affiksatsiya, konversiya, kompozita va abbreviatura) yordamida talabalarning faol lug‘at boyligini oshirishga ko‘mak beruvchi mavzulashtirilgan, kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan 1000 ga yaqin leksik derivatlar shakllantirilib (dissertatsiyaga ilova qilingan), talabalarning leksik derivatsiyalar yordamida so‘z boyligining oshishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar natijalari asosida:
leksik derivatsiyalardan chet tilini o‘rgatish jarayonida amaliy foydalanish, derivatsiyalar bo‘yicha mavjud nazariy bilimlarni berib borish bosqichma-bosqich ko‘rinishda yo‘lga qo‘yilganligi, har bir bosqichga mos keluvchi mashqlar tizimi va derivatsiya turlari bo‘yicha ilgari surilgan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 2011-2014 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 23- oktyabrdagi 2685/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada, leksik derivatsiyalar orqali chet tilini o‘qitishning nazariy va amaliy talablari, xususiyatlari ochib berilib, derivativ birliklar asosida chet tilini oqitishda samara beruvchi ta’lim metodlari bilan boyitilgan hamda xorijiy til, xususan, nemis tili ta’limini rivojlantirishga xizmat qilgan;
nemis tilini leksik derivatsiyalar orqali o‘rgatishning dolzarb muammolari va ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari va ahamiyatini ilmiy jihatlari va ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2021 yil 3-dekabr kuni efirga uzatilgan “Til bilgan el biladi” eshittirishida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 10- dekabrdagi 01-12/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, televosita orqali derivatsion ifodalarning so‘z boyligini oshirishdagi ahamiyati keng ommaga targ‘ib etildi va bu orqali tinglovchilarning chet tili lug‘at boyligini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortishiga erishilgan;
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rgatishda leksik derivatsiyalardan amaliy foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar va xulosalardan Samarqand viloyat Maxdumi A’zam Dahbediy ilmiy tadqiqot Fondining 71-07/48 raqamli “Buyuk huquqshunos olim Imom Ali Pazdaviy hayot-faoliyatiga doir yurtimizda ilk monografik kitobini chop etish” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand viloyat Maxdumi A’zam Dahbediy ilmiy tadqiqot Fondining 2022 yil 11-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ma’lumotlari mavzuga doir metodik tadqiqotlarda, kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasi yaratishda muhim manba bo‘lib hizmat qilgan.
talabalarning nemis tilidagi leksik derivatsiyalarni o‘rganish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari, so‘zlarning morfem tarkibi bo‘yicha yo‘l qo‘yadigan xatoliklar aniqlanganligi va ularning echimi metodik yondashuv asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va takliflardan Samarqand davlat chet tillar institutining OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 12-fevraldagi 2269/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tomonidan so‘z yasalishi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining echimi metodik yondashuv asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish