Toxirov Feruz Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3182.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alimjan Artikbayevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Xusniddin Oltiboyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Uzoqov Zoir Uzoqovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning dasturlash tillariga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishning moslashtirish, motivatsion, ijodiy, tanqidiy bosqichlari hamda tayyorgarlik darajalari integrativ yondashuvli masalalar, turli amaliy topshiriqlar va vizual tasvirlash platformalari, ochiq axborot-ta’lim muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
turli darajadagi masalalarning (chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi, massivlar) ketma-ketligini dinamik harakatlar va dasturlashtirilgan yondashuv asosida talabalarning dasturlashga oid fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyalari, amaliy, vizual kabi didaktik o‘quv vositalarini kognitiv kompetentligiga ko‘ra uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
strukturali, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan metodik ta’minotli vositalar va web-texnologiyalarni individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash orqali matematik, kreativ, kognitiv, algoritmik fikrlashini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatgichlari mazmunan takomillashtirilgan;
“Algoritmlash va dasturlash tillari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda mustaqil ishlashga doir algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kompyuterli, muammoli ta’lim texnologiyalarini dasturlash ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy takliflar asosida:
talabalarning dasturlash tillariga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishning moslashtirish, motivatsion, ijodiy, tanqidiy bosqichlari hamda tayyorgarlik darajalari integrativ yondashuvli masalalar, turli amaliy topshiriqlar va vizual tasvirlash platformalari, ochiq axborot-ta’lim muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga hamda turli darajadagi masalalarning (chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi, massivlar) ketma-ketligini dinamik harakatlar va dasturlashtirilgan yondashuv asosida talabalarning dasturlashga oid fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyalari, amaliy, vizual kabi didaktik o‘quv vositalarini kognitiv kompetentligiga ko‘ra uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Dasturlash tillari” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0806 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning dasturlashga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
strukturali, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan metodik ta’minotli vositalar va web-texnologiyalarni individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash orqali matematik, kreativ, kognitiv, algoritmik fikrlashini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatgichlarini mazmunan takomillashtirishga oid takliflardan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani “O‘quvchilar bilimini baholovchi va nazorat qiluvchi ilovalar ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 27 apreldagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning dasturlashga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Algoritmlash va dasturlash tillari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda mustaqil ishlashga doir algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kompyuterli, muammoli ta’lim texnologiyalarini dasturlash ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-372 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning amaliy dasturlar va dasturiy sinflar yaratishga oid algoritmik fikrlashini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish