Xudaynazarov Nuraddin Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchi yoshlarda ilmiy va diniy tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy differensial xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal575.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shermanov Isobek Chilmamatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi yoshlarda ilmiy va diniy tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy differensial xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tafakkur fenomenining etimologik (izlanishlar mahsuli), gnoseologik va ijtimoiy falsafiy jihatlaridagi dinamik o‘zgarishlar hamda deterministik xususiyatlariga (aqliy, ruhiy va axloqiy tarbiya)  ko‘ra inson va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi sub’ektiv voqelik ekanligi mantiqiy asoslangan;
yoshlar dunyoqarashining fenomenal (aql, idrok) va funksional jihatlari (ongni shakllantirish) kommunikatsion, aksiologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanishiga ko‘ra ilmiy tafakkur va diniy tafakkur, ratsional va irratsionallik orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan;
maktab o‘quvchilarida ilmiy va diniy bilimlarni shakllantirishning ijtimoiy differensial xususiyatlarini (fikr izlash, fikrlash, mushohada yuritish) aniqlash orqali ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishning milliy va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanishning falsafiy-pedagogik mexanizmlari aniqlashtirilgan;
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyasi ta’sirida miliy tarbiya samaradorligini oshirishda yoshlarning intellektual faolligini yuksaltirish bilan bog‘liq ilmiy-funksional, regulyativ-baholovchi mezonlarini takomillashtirish zarurligi  mantiqiy dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi yoshlarda ilmiy va diniy tafakkurni shakllantirish hamda ularni namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
tafakkur fenomenining etimologik (izlanishlar mahsuli), gnoseologik va ijtimoiy falsafiy jihatlaridagi dinamik o‘zgarishlar hamda deterministik xususiyatlariga (aqliy, ruhiy va axloqiy tarbiya)  ko‘ra inson va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi sub’ektiv voqelik ekanligi mantiqiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida  2017-2020 yillarda bajarilgan “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi OT-F1-002 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 14 dekabrdagi 01-04/01-1244-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlash bilan birgalikda, yosh avlod tafakkurida  ilmiy va diniy bilimlar asosidagi zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlar dunyoqarashining fenomenal (aql, idrok) va funksional jihatlari (ongni shakllantirish) kommunikatsion, aksiologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanishiga ko‘ra ilmiy tafakkur va diniy tafakkur, ratsional va irratsionallik orqali namoyon bo‘lishiga oid taklif-tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yilga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturini amalga oshirishda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yil 30 noyabrdagi 12-73/21-son ma’lumotnomaci). Natijada, mamlakatimiz va hududlarning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq davlat, sohaga oid va hududiy, davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab o‘quvchilarida ilmiy va diniy bilimlarni shakllantirishning ijtimoiy differensial xususiyatlarini (fikr izlash, fikrlash, mushohada yuritish) aniqlash orqali ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishning milliy va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanishning falsafiy-pedagogik mexanizmlariga oid taklif-tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida  2017-2020 yillarda bajarilgan “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi OT-F1-002 raqamli fundamental loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 14 dekabrdagi 01-04/01-1244-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizda ilm-fan  yutuqlaridan foydalanish, zamonaviy ta’limni joriy etish, intellektual boy, innovatsion izlanishlarga  qodir avlodni tarbiyalash borasida dadil islohotlar haqidagi yangicha yondashuvlar, fikrlar va nazariy xulosalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyasi ta’sirida miliy tarbiya samaradorligini oshirishda yoshlarning intellektual faolligini yuksaltirish bilan bog‘liq ilmiy-funksional, regulyativ-baholovchi mezonlarini takomillashtirish zarurligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil sentyabr` va oktyabr` oylarida efirga uzatilgan “Bugunning yoshlari”, “Maktab hayoti” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 7 yanvardagi 04-25-222-son ma’lumotnomaci). Natijada, o‘quvchi yoshlarni ilmiy dunyoqarishini oshirish va intellektual faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish