Yo‘ldasheva Xalida Qo‘ziyevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fil.179
Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardayev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullayeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Ra’no Haydarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi badiiy matnlarning sotsiopragmatik xususiyatlarini ochib berish, sotsiopragmatik tamoyillarga asoslangan tipologik tasnifini yaratishdan iborat. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnning tipologik tasnifida uning yaratilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iijtimoiy omillar – adresant va adresat omili, tasvir obyekti omili, ijtimoiy voqelik, nutq vaziyati hamda muloqot sharoiti va shakllari omillari, shuningdek, adresant va adresatning ijtimoiy-madaniy sifatlariga oid bilimlar jamlanmasi muhim o‘rin tutishi asoslangan;
badiiy matnlarda qo‘llangan nutqiy akt turlari va muloqot jarayonida ularning tanlanishi yoki o‘zgarishga uchrashiga turtki beruvchi yosh, jins, kasb-kor, nutq vaziyati, muloqot sharoiti kabi sotsiopragmatik omillar aniqlangan;
o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda kommunikantlar nutqi ularning ijtimoiy sifatlari - millati, yoshi, jinsi, kasb-kori kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda yaratilishi dalillangan; 
badiiy matnlarda o‘zbek millatiga xos hurmat va hamkorlik tamoyillarining muloqot jarayonida namoyon bo‘lishi, yozuvchining matnda ifodalagan kommunikativ maqsadi ochib berilgan; 
badiiy matnda qo‘llangan ijtimoiy deyksisga ishora qiluvchi leksik va grammatik birliklar, sotsiolekt turlarining deyktik xususiyati ochib berilgan hamda ijtimoiy deyksisning implisit ifodalanishi aniqlangan. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi natijalari asosida:
badiiy matnning tipologik tasnifida uning yaratilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iijtimoiy omillar – adresant va adresat omili, tasvir obyekti omili, ijtimoiy voqelik, nutq vaziyati hamda muloqot sharoiti va shakllari omillari, shuningdek, adresant va adresatning ijtimoiy-madaniy sifatlariga oid bilimlar jamlanmasi muhim o‘rin tutishi asoslanganiga doir xulosalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat ilmiy texnika doirasidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 13-dekabrdagi 39-01-4706-son ma’lumotnomasi). Natijada turli diskurslarda sotsiologik farqli til birliklarining nutqda qo‘llanishiga ko‘ra faollik darajasi o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish hamda til qatlamlarining sotsiopragmatik ilmiy-amaliy tahlilini yangi bosqichga ko‘tarilish imkonini bergan;
badiiy matnlarda qo‘llangan nutqiy akt turlari va muloqot jarayonida ularning tanlanishi yoki o‘zgarishga uchrashiga turtki beruvchi yosh, jins, kasb-kor, nutq vaziyati, muloqot sharoiti kabi sotsiopragmatik omillar aniqlanganiga oid xulosalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan PZ-20170926286 raqamli “O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 13-dekabrdagi 39-01-4705-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning ijtimoiy xoslangan ayrim qatlamlarining o‘ziga xosliklari ochib berish imkonini bergan;
o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda kommunikantlar nutqi ularning ijtimoiy sifatlari - millati, yoshi, jinsi, kasb-kori kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda yaratilishi dalillanganiga oid qarashlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” radioeshittirishida ilmiy suhbatlar amalga oshirilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-dekabrdagi 17-05/336-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning badiiy matnning ijtimoiy va pragmatik xususiyatlari haqidagi tasavvurlari boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish