Saydullayeva Ra’no Ibadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari onomastikasi”, 10.01.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil946.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor; Sayidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida qo‘llangan onomastik birliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Zafarnoma” asari matnida qo‘llangan 1670 ta onomastik birliklar, shundan 756 ta antroponim, 847 ta toponim, 63 ta etnonimlar, 1ta zoonim, 2 ta fitonim, 1 ta kosmonimlar aniqlanib, ularning turkiy (o‘zbek), arab, fors tillaridagi lug‘aviy ma’nolari, taraqqiyot manbalari, tarixiy-etimologik qatlamlari, leksik–semantik xususiyatlari va nomlanish tamoyillari ochib berilgan;
onomastikada “tarixiy onomastika”, ”tarixiy toponimika”, “tarixiy gidronimika” va “tarixiy etnonimika” tushunchalarining qo‘llanishi va anglatgan ma’nolariga yangi izohlar berilishi, ularning lisoniy xususiyatlaridan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlarni ham mujassam etishi isbotlangan;
“Zafarnoma” asaridagi antroponimlar, toponimlar, etnonimlar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” (Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi) asarlari asosida ochib berilgan;
“Zafarnoma” asaridagi onomastik birliklar lug‘aviy qatlamlarining sof turkiy (o‘zbek), arab, fors-tojikcha, aralash: arabcha+fors-tojikcha, turkiy+arabcha+fors+tojikcha, fors-tojikcha+arabcha+arabcha, arabcha+ turkiycha+ fors-tojikcha modellardan iborat ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temuriylar davri manbalarida qo‘llangan onomastik birliklarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Zafarnoma” asari matnida qo‘llangan 1670 ta onomastik birliklar, shundan 756 ta antroponim, 847 ta toponim, 63 ta etnonimlar, 1ta zoonim, 2 ta fitonim, 1 ta kosmonimlar aniqlanib, ularning turkiy (o‘zbek), arab, fors tillaridagi lug‘aviy ma’nolari, taraqqiyot manbalari, tarixiy-etimologik qatlamlari, leksik–semantik xususiyatlari va nomlanish tamoyillari ochib berilganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Parlament komissiyasining 22.06.2020-yildagi Qaroriga asosan e’lon qilingan 67-10/136-raqamli Davlat granti bo‘yicha Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasi tomonidan 2020-2021-yillarda bajarilgan “Madaniy meros – oliy qadriyat” mavzusidagi innovatsiya loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasining 2022-yil 7-fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada onomastik birliklarning izohlarini boyitish, mukammallashtirish imkonini bergan;
“Zafarnoma” asaridagi antroponimlar, toponimlar, etnonimlar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” (Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi) asarlari asosida ochib berilganiga doir xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Qadriyat”, ”Munozara”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” kabi mavzulardagi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-apreldagi 17-05/112-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariylarining mazmun va mundarijasini boyitish, saviyasini oshirish imkonini bergan;
“Zafarnoma” asari matnida qo‘llangan 1670 ta onomastik birliklarni aniqlash orqali tizimlashtirilgan, tartibga solingan, asardagi onomastik birliklarning ma’nolari, ularning lisoniy va nolisoniy omillari belgilanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “Zafarnoma” asaridagi onomastik birliklarning izohli lug‘ati” (ISNV 978-9943-7898-2-1) nomli lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada asardagi atoqli otlarning ma’nolarini leksik-semantik jihatdan aniqlash imkonini bergan.